Dunyoda ko'p narsalar pulga borib taqaladi. Ovqatlanishni istasangiz - do'konga borib oziq ovqat sotib oling. Qishda sovqotishni ismaysizmi - bozorga borib issiq kiyim sotib oling va nihoyat o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz - uni yo'lga qo'yish uchun pul toping!Tabiiyki har bir biznes o'z turiga va ko'lamiga qarab turlicha mablag' talab etadi. Shunday ekan biznes g'oya tanlaganda o'z imkoniyatlaringizda kelib chiqib tanlang!Pul topish oson emas ayniqsa katta biznes g'oyalarga. Biz esa siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan 5 ta yo'l haqida gaplashamiz!
1.Shaxsiy pulingiz.Bu biznesga pul topishning ajoyib tanlovdir. Chunki siz mustaqil ishlay olasiz va tabiiyku pullarni ishlatganda kimgadur hisobot berish shart emas.Bu pul hammada har xil yo'l bilan paydo bo'ladi, kimdur mol-mulkini sotsa, kimgadur katta me'ros qoladi. Eng ko'p tarqalgan turi esa bu, ma'lum bir muddat davrida to'plangan pullardir. Albatta agar siz pulingizni yetarli darajada yig'ilishni kutsangiz ko'p vaqt ketishi mumkin lekin, boshqa tomondan bu sizning pulni tejab, kerakli narsalarga ishlatishni o'rgatishi ham mumkin.
2. Oila va yaqin do'stlar.
Yaqinlaringiz sizning yangi ish boshlashingizni eshtib sizga yordam berishga harakat qilishadi, ular sizning ishlaringiz yurishishi uchun harakat qilishadi. Faqat bu borada ehtiyot bo'ling yaqinlaringiz bilan munosabatlar buzilishini oldini olish uchun ular bilan avvaldan olingan pulni qaytarilish muddatlari haqida kelishib oling.
3.Kreditlar.Biznesda muammo paydo bo'lib qolgan vaqtda, yaqinlaringiz bilan gaplashib olgan pulingizni kechroq berishga ko'ndirishingiz mumkin, ammo banklar bilan bir dasturxon atrofida o'tirib dildan suhbat qurib bo'lmaydi. Bankdan kredit olishingiz uchun sizda mukammal tuzulgan biznes reja kerak. Kichik biznesni boshlash uchun kredit olishda qiyinchilik bo'lishi mumkin. Biznes rejangizni yaxshiroq tuzib tayyorlaning.
4. Investorlar va hamkorlar.
Biznesni boshlash uchun kerakli pullarni biznesning muvaffaqiyatidan siz bilan bir xil manfaatdor odamlardan ham olish mumkin. Masalan homiylar, investorlar va hamkorla.Investorlar:Ularni kerakli mablag'ni berishga ko'ndirish qiyin, chunki sizning biznesingiz qog'oda yaxshi(biznes rejada) lekin hali endi boshlanishi kutulmoqda. Ular esa tavakkal qilishdan qo'rqishadi. Yana bir tomoni agar sizning rejangizga katta mablag' talab qilinsa, investor boshlangan biznesdan ulush olishni istashi ham mumkin.Hamkorlar.Ko'p holatlarda biznes boshlayotgan yoshlar, guruh bo'lib birlashishadi va hamma qo'lidan kelganini biznes rivojiga sarflaydi. Agar siz ham aynan shunday yo'l bilan biznes boshlamoqchi bo'lsangiz, o'z hamkorlaringiz bilan avvalda kelishib oling. Kim qaysi jihat uchun javob beradi va ulushi qancha bo'lishi. Chunki hamkorlar o'rtasidagi nizolar nafaqat sizlarning munosabatlaringizga balki, biznesingizga ham yakun yasashi mumkin.Agar sizga maqolamiz yoqgan bo'lsa kanalimizga do'stlaringizni taklif qiling!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев