Dunyo degan shundayin anglab
boТlmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr
ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi
muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi
muhabbatim
Holbuki orzulardan judo ham
boТlganim yoТq,
Yuduzday kuyganim yoТq, oy kabi
inganim yoТq.
Erta xazon gul kabi sargТayib,
soТlganim yoТq,
Seni eslab yigТlayman, birinchi
muhabbatim,
Eslab bagТrim tigТlayman, birinchi
muhabbatim.
YoТlin yoТqotsa odam Ц muhabbatga
suyangay,
GТussaga botsa odam Ц muhabbatga
suyangay,
Chorasiz qotsa odam Ц muhabbatga
suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi
muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi
muhabbatim,
Nido bergil, qaydasan, sharpangga
quloq tutdim,
Sirli tushlar koТrib men bor dunyoni
unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu
sheСrimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi
muhabbatim,
YolgТiz ollohim mening, birinchi
muhabbatim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев