Siz shunday qilingki, voz kechay
sizdan, Ko`nglimni qoldiring, qon
oqsin ko`zdan. Qayta duch
kelmoqqa imkon qoldirmang, Siz
shunday qilingki til qolsin
so`zdan. Ha, siz shunday qilingki
men kechay sizdan, Vujudim
muzlasin sizni ko`rganda.
Yashnagan niholni yashin
urganday, Bir keskin so`z ayting,
dil uzay sizdan. Tuyg`usiz,
kulgusiz qoldiring meni, Mayliga
orzusiz qoldiring meni. Faqat
sizdan kechib o`tay dunyodan,
Aqlning izmiga soldiring meni.
Dardim o`zim uchun dorga
aylansin, Bahorim zumda qish,
qorga aylansiz. Siz shunday
qilingki o`zgani sevay, Yo`q
mehrim bir zumda borga
aylansin. Kuydiring bir hovuch
kulga aylanay, O`ldiring tap- taqir
cho`lga aylanay. Faqat bu
azobdan qutqaring meni, Yo
seving hech so`nmas gulga
aylanay.
https://m.ok.ru/dk?st.cmd=friendMediaStatusComments&st.edit=off&st.rpl=off&st.topicId=69118351040728&st.friendId=539775730648&_prevCmd=friendMain&tkn=9735
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев