Gul yuzingda quvonch to'lganida ham,
Qayg'udan ko'zlaring bo'lganida nam.
Yolg'izliging senga qilganda alam,
Meni bir bor esla, esla Sarvinozim.
Hayotim tongida bo'lding bir shabnam,
Ruximdan voz kechib turganda tanam.
Ko'zimga qorong'u bo'lganda olam,
Meni ham bir eslab qo'ygin Sarvinozim.
Dardinga o'zga yor bo'ladi malham,
Dunyo yaralgandir azaldan bir kam.
Sen baxtli bo'lasan yig'lama erkam,
Beg'ubor damlarni esla Sarvinozim.
Bu she'rni yozyapman, qo'limda qalam,
Qalbimdan faryodim, chiqadi nolam.
Senga yetmaganim qiladi alam,
Shu chog'da bir lahza esla Sarvinozim.
Endi she'r yozmasman, to'ldi paymonam,
Bu she'rim eng so'nggi eshit yagonam.
She'rlarim hayoling chulg'agan bir dam,
Shoir Tohirni ham esla Sarvinozim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев