)
Bir kun kelib qizalog'im wu sözlarni aytganida ming bor, million bora afsuslaning. Lekin Xudo holasa u
wunaqangi qiz bösinki,hamma havas qisin.
~Bir kam dunyodir but bo’lib qolmas,
~Kimgadir baxt kulib kimgadir kulmas.
~Goh shodlik gohi g’am hech kami to’lmas,
~Bir chimdim mehrni qizg’angan otam.
~Gunohim bilmadim, bilmadim aybim,
~Bolalikdan tuydi armonni qalbim.
~Murg’akkina jonda Siz erur dardim,
~Ko’nglimga armonni to’ldirgan otam.
~Ba’zilar farzandga zor-u intizor
~Yig’lagim keladi ko’z yoshim bisyor
~Sizni kechirmayman zinhor va zinhor,
~Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.
~Lablarim titranib pichirlar “Yo Rab”
~Ketdi-ku o’z qizin o’ksitib,xo’rlab
~So’rayman o’zimga bardoshni tilab,
~Farzandim deyishni or bilgan otam.
~Sizga yomonlikni tilamam also,
~Bir baxtimni ko’rib bo’lingiz ado.
~Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo,
~O’zga bir ayolni yor bilgan otam.
~Atrofimda barcha-barcha parvona,
~Kimnidir izlaydi ko’zim giryona.
~Nahot etib ketdi meni begona,
~Tirik nomim tirkagan otam.
~Onajonim aytar o’ksinma qizim,
~Mag’rur bo’l, Xudodan so’ragin to’zim
~Ko’nglimga jo qilgum ularning so’zin,
~Volidam ko’zlarin yoshlatgan otam.
~Bir qatra mehrni ololmay Sizdan,
~Zo’r bazo’r tiyarman yoshlarni ko’zdan,
~Og’rinmang bu so’zdan, ojiza qizdan,
~Dunyoga nafratim uyg’otgan otam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев