❤O'zimdan tonib ham sevib yurganim,
❤Shunchaki havasga bog'lagan ekan,
❤Sevgi deb yonganim,yonib kuyganim.
❤Hech qachon men uchun kulmagan ekan,
❤Soxta tabassumdan baxtga to'libman,
❤Ko'zlari, hattoki, aldagan ekan,
❤Men esa savdoyi oshiq bo'libman.
❤Hech qachon xayol ham etmagan ekan,
❤Xayolan u bilan birga yuribman,
❤Tunlarda hattoki beorom, bexush,
❤Ahdi yolg'on haqda xayol suribman.
❤Hech qachon qaytishim kutmagan ekan,
❤Kutib qolmasin deb qushdek yelibman,
❤Bilmagan ekanman o'sha damlarda,
❤Men o'z armonimni izlab kelibman.
❤Hech qachon tashlab ham ketmagan meni,
❤Yurakka suratin chizib ketibdi,
❤Ko'nglim daftarining oq qog'oziga,
❤Ismini muhrlab, bitib ketibdi.
❤Hech qachon men uni unutolmayman
❤Bir kun u ham meni izlab keladi, ❤Sevgining eng shirin azobin tuyib,
❤Qaytib keladiyu lek kech bo'ladi.
❤Hech qachon kulmang siz oshiq holiga,
❤Aslida sevarkan eng baxtli inson,
❤Balki qalbingizda bordir shunday his, ❤Demak bor eng baxtli bo'lmoqqa imkon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев