Sabr devorini kemirib yanchib
Soxchi g'ururdan
xam qochdi yuragim
Ura boshladi betartib
sanchib
Nafratni chaqirdim yordam bermadi
Achchiq xotira ham qayerda qoldi
Yurakni ovutolmay ko'z yig'lab toldi
Aql ham qaygadur izsiz yo'qoldi
Yuragim dardini sezib turibman
U qon yig'lagan payt kulibman
Yurakni savoli bag'rimni ezar
Yorim bo'lmasa nega tirikman?
Aql ham yurakni gapiga kirib
Bordik ul go'zalning ostonasiga
Uzr so'rab unga yolvorib
Öt qo'ydik g'ururning koshonasiga
Yorim gapim bölmay turardi
Uzurimdan mag'rur kulardi
Yurak ham xotirjam bo'lgandek
Ko'ksimga sezdirmay urardi
Lekin ming afsuski a'f etilmadik
Yor bizni unutib topibdi boshqa
Yer yorilmadi kirib ketmadik
Yurak ham aql ham jimm qaytdik ortga
Shundan kegin yurak yo'qoldi
Bilmadim qayerda yuribdi ekan
Yuragimni izlab yuraklar toldi
öt bo'lib yonolmas muzlikdamikan
Shundan söng tanamga aql xukmron
Xotira qafasda qafasda armon
Uyqu dori ichib uhlayman hamon.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев