Ishani jon holatda
baqiradi:
- Ranvirrrr!!!
Bu ovozdan hamma ular
tomon qaraydi. Ranvirning
hovuzga tushib ketganini
ko'rgan hamma og'zi
ochilib qoladi. Ranvir suv
ostiga cho'kib borarkan,
hayolidan har xil gaplar va
o'tmishidagi voqealar
o'tadi.
Daversh qotilni ko'rib, uni
ushlashlarini aytadi.
Shaneylaning akasi singlisi
uchun qasos olganini aytib
qo'riqchilardan qochib
ketadi. Ishani o'zini suvga
tashlaydi. Atrofdagi
qolganlar ham suvga
sakrashadi va Ranvirni
hovuzdan olib chiqishadi.
Ishani Ranvirni yonida
turganda Amba kelib uni
itarib yuboradi:
- Qoch! o'glimga tega
ko'rma. O'glim seni deb
shu axvolga tushdi.
Mening Ranvirimni seni
deb otishdi.
Ranvirning otasi: - Amba,
bizning Ranvirga hech
nima bolmaydi. Doktor
chaqiringlar!
Ishani va Amba
yig'lagancha unga
yopishishadi. Hamma uni
ko'tarishib mashinaga
chiqarishadi va tezlik bilan
kasalxonaga ketishadi.
Kasalxonaga kirib
borishyotganda doktor
ularni ko'radi. Ishani unga
bo'lgan voqeani aytadi va
Ranvirni saqlab
qolishlarini so'raydi.
Ranvirni operatsiya
xonasiga olib kirib
ketishadi. Shu payt
ularning ortidan hamma
yetib kelishadi.
Amba Ishanining yoniga
boradi. Uning yuziga
tarsaki soladi. Hamma bu
holatga hayron bo'lib
qarashadi. Amba Ishanini
rosa haqoratlaydi. Chirag
bilan ko'rishganini, avariya
sodir etganini, Ranvirni
qamoqqa tushganini,
hamma-hammasini
Ishaniga aytadi. Amba
Ishani rosa
haqoratlayotgan payt
Falguni ularning o'rtasiga
tushadi:
- Bas qilinglar!
Hamma unga qaraydi.
Falguni Ishanining yoniga
keladi:
- Bugun sening Karvachot
kuning edi. Ishani, javob
ber. Sen Chirag bilan birga
edingmi yoki yo'q?
Ishani "xa" deganday
yuzini qimirlatadi.
Falguni: - U to'g'ri aytibdi.
Sen bu yerda bo'lishing
kerak emas. Ket bu
yerdan!
Ishani: - Oyi... oyi, iltimos.
Hehc bo'lmasa shu gapni
siz gapirmang. Oyi, menga
ishoning. Men hammasini
aytib beraman. Iltimos
Ranvirni oldida qolay.
Falguni: - Sen o'zingni
ishonchingni yo'qotding.
Bu odam bilan nega
uchrashding. U seni faqat
aldagan... va Ranvirni ham
aldagan. Nega u bilan
uchrashding. Men faqat bir
gap aytaman. Bu yerdan
ket.
Falguni Ishanini qo'lidan
sudrab olib chiqib
ketayotgan paytda Ishani
uning qo'lidan chiqib
ketadi va o'zi indamasdan
yig'lab chiqib ketadi.
Ishani yig'lagancha: - E
xudoyim. Ranvirni saqlab
qol.
Shu payt uning yoniga
Nitin kelib qoladi:
- Ishani Ranvir seni deb
qamoqqa tushdi. Sening
mashinang bir qizni urib
yuborgan. Qizning axvoli
jiddiy. U komada. Politsiya
mashinani uyning oldidan
topdi. Ranvir esa seni deb
aybni bo'yniga oldi...
Ishani Chirag Shaneylani
urib yuborgan paytni
eslaydi.
Ishani: - Bu avariyani men
qilmadim. Men hatto rulda
ham emasdim. Men
bilaman, nima bo'lganini.
Bu qiz uning singlisi.
Ishani shu gaplarni
gapirarkan. Ranvirni otgan
Shaneylaning akasini
gaplarini eslaydi.
Ishani: - Mening xatoyim,
Chiragning oldiga
borganim, Buning uchun
Ranvirni otishdi.
Ishani tinimsiz alamdan
yig'lardi. Nitin uni
tinchlantirish uchun unga
nasixat qiladi. Ishani uning
gaplaridan jiddiylashadi va
xudoga iltijo qilgani
boradi.
Operatsiya xonasidan
doktor chiqadi. Hamma
uning yoniga keladi. Amba
doktordan Ranvirning
axvolini so'raydi. Doktor
Ranvirning axvoli
jiddiyligini aytadi.
Ishani esa xudoga iltijo
qilardi: - Iltimos, uning
hayotini saqlab qol.
Iltimos, Xudoyim. Iltimos,
uning hayotini saqlab qol.
Amba va uning eri
doktordan Ranvirni saqlab
qolishini so'rab, yalinib
yolvorishadi. Doktor uning
axvoli juda og'irligini,
unchalik umid
qolmaganini aytadi.
Amba: - Ey xudoyim!
Mening Ranvirim! Mening
o'glim!
Ishani duo o'qib bo'lib
endi ortiga qarab
yurayotsa Amba uning
yoniga keladi. Ishani
hayron bo'lib unga qarab
tursa, Amba uning
oyog'iga tiz cho'kib ta'zim
qiladi
Ishani: - Xola, nima
qilyapsiz? Iltimos,
o'rningizdan turing.
Amba: - Mening o'g'limni
saqlab qol. Men bilaman,
sen nimani
o'ylayayotganingni. Nima
uchun o'g'limni hayotini
saqlab qolishni xudodan
emas sendan
so'rayapman? Sendan
nafratlanaman. Lekin
mening o'g'lim seni
sevadi. O'glim doim sen
uchun xar narsa qiladi. U
doim seni yoningni oladi.
Lekin bugun uning hayoti
havf ostida. Lekin men
bugun, qo'llarimni
bukkancha, sendan
yolvoraman.
Amba Ishaniga yalinib
yolvoradi. Ishani
Ambaning qo'llaridan
ushlaydi, o'ng oyoq
kiyimini yechib
kasalxonadan yugurib
chiqib ketadi.
Ibodatxonaga boradi. U
yerda hamma bilan
birgalikda ibodat qiladi.
Ranvirni esa kasalxonada
doktorlar elektroshok
bilan xayotini saqlab
qolishga urunishadi.
Ishani Ibodatxonada
hamma amallarni bajaradi.
Doktor Ranvirning
yuragidan o'qni olib
tashlaydi. Ishani
Ibodatxonadan ilohiy
qadah suvini oladi va yana
yugurib ortiga qaytadi.
Ranvirning yuragi
urishdan to'xtab qoladi.
Hamma shok xolatiga
tushadi. Ishani yetib
keladi. Operatsiya
xonasiga kirmoqchi
bo'lganda hamshira
qarshilik qiladi, Doktor uni
kirishiga ruhsat beradi.
Ishani Ranvirning og'ziga
ilohiy suvidan quyadi.
So'ng doktorga: - Doktor
iltimos qaytadan urinib
ko'ring. Bugun Karvachot,
va men buni
xoxlamagandim... iltimos
so'nggi marta.
Doktor Ishanining
gaplaridan so'ng yana
Elektroshokdan
foydalanadi. Ranvirning
yuragi asta sekin yana ura
boshlaydi. Hamma bu
holatdan hayratga
tushadi. Hamma xursand
bo'lib xudoga iltijo
qilishadi.
Shu payt Davershga Disha
qo'ng'iroq qiladi.
Ranvirning axvolini
so'raydi. Daversh unga
Ranvir operatsiyadaligini
aytadi. Disha buvisiga bu
haqida aytadi. Buvisi esa
Ranvir o'lsa hammasi bu
uyni tark etishini aytadi.
Doktor operatsiya
xonasidan chiqadi.
Ranvirning axvoli
yaxshimasligini lekin iloji
boricha uni saqlab
qolishlarini aytadi. Amba
va uning eri kasalxonada
qolishlarini, qolganlar esa
uyga ketaverishini aytadi.
Xonada Ishani asta
Ranvirning yoniga yotadi.
Ishani: - Ranvir, siz mening
eng yaxshi do'stimsiz,
to'g'rimi? Faqat mening
do'stim. Siz yaxshi
xotiralar yaratdingiz. Siz
meni doim sevgansiz,
lekin men sizni sevish
o'rniga, sizga qarshi
chiqdim. Men xato qildim,
sizni aldadim. Men sizning
sevgingizni tushunmadim.
Lekin endi tushundim. Men
sizga befarq bo'lmayman
va yoningizdan uzoq
ketmayman. Men sizga
yanada yaqinroq
bo'laman. Bilasizmi, nima
uchun? Chunki sizning
sevgingiz meni ketishimga
yo'l qo'ymaydi. Men ham
sizdan ketishni
istamayman. Nima uchun?
Chunki men sizni chindan
sevaman. Mmm. Men sizni
sevaman Ranvir. Ranvir,
biling, men... Ranvir?
Ranvir? Ranvir
eshityapsizmi? Menga
quloq soling. Men sizga
aytishim kerak. Menga
gapiring Ranvir.
Ko'zingizni bir bor oching.
Siz meni ko'zlarimdagi
sevgimni ko'ring. Siz meni
kulishimni ko'rishingizni
xoxlayman. Ranvir
ko'zingizni oching iltimos.
Menga gapiring. Yaxshi,
meni Sanni deb
chaqirishingiz mumkin,
qancha xoxlasangiz ham.
Men bunga qarshi
emasman. Mayli tanga
ham otmaymiz. Men yerda
yotaveraman... Faqat bir
marta ko'zingizni oching.
Ishani qanchalik
yalinmasin Ranvir
ko'zlarini ochmasdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев