Предыдущая публикация
Ona yurtdan olis – olisda
Sargardonman – na uy, na orom.
Ona, qoldim ayrilib sizdan,
G‘arib sayyoh kabi beorom.
Tog‘dan uchgan bu qushlar bilar:
— Onam yo‘lda yo‘lamadimi?
Dengiz bo‘ylab shovdirar yellar:
— Onam salom yo‘llamadimi?
Ko‘chib ketdi shamollar besas,
Janubga yo‘l oladi qushlar.
Yuragimga zar sochib havas,
Janubga ko‘z soladi qushlar.
Yuzlaringiz, shirin so‘zingiz
Sog‘inaman, aziz onajon!...
Aylansaydim tushga izingiz
Topar edim albat, begumon.
Tunlar tushsam dilingiz tomon,
Quchsam – go‘yo hushi yo‘q tuman.
Ketsam – kulib, yig‘lab, onajon,
Yondirguvchi sog‘inchlar bilan!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев