ko'ksim tepib o'tin chopasan.
Ona senchi shoirimga deb,
har tong turib kulcha yopasan.
Bilmagandim bu eski tandir,
yuragingni o'yganligini.
Nega menga aytmading axir?
Qo'llaringni kuyganligini.
She'rlarimni yoqaqol ona,
ular yonsin bo'lib chalajon.
Kuyib ketgan qo'llaring haqqi,
meni faqat kechir onajon.
Qani seni bir bor quchsam-u,
bu azoblar tonib ketsaydi.
Ona sening qo'llaring emas,
"gung" yuragim yonib ketsaydi.
Lekin yurak turar pardadek,
haligacha so'kilmayapti.
Ona qo'ling kuyib ketgan-u,
nega tandir to'kilmayapti?!
Ota boltang jonimga botdi,
ko'ksim tepib o'tin chopasan.
Ona senchi shoirimga deb,
har tong turib kulcha yopasan.
Kimning dardi asl buyuklik,
kimning qorni tuymaganligi.
Menga esa qiladi alam,
qo'llarimni kuymaganligi.
Muallif: AZIZBEK INOYATOV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев