Men ketaman, xuddi siz kabi,
Begonaning qòllarin tutib.
Ushalmagan axt-u paymonni,
Qoldiraman, barin unutib.
Soğinasiz, xali men kabi,
Baxt onidan begona bòlib.
Qadrim sezib yiģlaysiz xali,
Armonlarga dugona bòlib.
Unutaman ,xuddi siz kabi,
Osongina ketaman kechib.
Erkalayman òzga bir yorni,
Bo'sa olib, bağrimga quchib.
Siğinasiz ,xali men kabi,
Termulasiz javobsiz xatga.
Yosh tòkasiz ,,ESTALIK UCHUN"
Deb yozilgan eski suratga.
Jilmayaman, xuddi siz kabi,
Kulib yorga yoqib yashayman.
,, Bitta oshga nafi tegar " deb,
Suratingiz yoqib tashlayman.
Ovunasiz, xali men kabi,
Bòlolmadik siz bilan birga.
Yiģlay ,yiğlay sòngra na iloj,
Tan berasiz, zòrğa taqdirga.
Men yashayman, xuddi siz kabi,
Sevmasamda bòlib unga yor.
Siz bermagan mexrni izlab,
Chala topsam bòlib baxtiyor.
Siz yiğlaysiz, xali men kabi,
Xonangizga qamalvolib jim.
Endi qalbni devori qalin,
Xonishingiz eshitmas xech kim.
Men kulaman, xuddi siz kabi,
Tuyğularni qilib-la ermak.
Siz qolasiz ortimdan jimib,
Qaytar dunyo ekanda demak.
Kònikasiz, xali men kabi,
Tizzangizga boshingiz qòyib.
Kôz yoshingiz qizzigan chõğday,
Goho oqar yuzingiz õyib.
SIZ YIĞLAYSIZ ,XALI MEN KABI.
JILMAYAMAN, XUDDI SIZ KABI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев