Предыдущая публикация
Bag'ringizda hor bo'lgan
Mehringizga zor bo'lgan
U mening QALBIM edi
Arzonlarga sotdingiz
Bozorlarda tortdingiz
Yana toshlar ottingiz
U mening QADRIM edi
Yolg'onlarga almashgan
Sevaman deb aldashgan
Sizni tanlab adashgan
U mening BAXTIM edi
Falaklarga sachradi
Yomonlardan charchadi
Mudom sizga uchradi
U mening DARDIM edi
Yurak qonimdan ichgan
Keyin dillarni quchgan
Qo'llarimdan suv ichgan
U mening SATRIM edi
Oshiq Ahat ko'z ilgan
Avval ham ko'p qazilgan
MUHABBAT deb yozilgan
U mening QABRIM edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1