🔱UY SHAROITIDA yoshartiruvchi niqoblar yuzga quyidagi tarzda suriladi:
Dastlab teri tozalanadi. Yuzingizni yuving, so‘ng losyon yordamida tozalang. Yumshoq skrab bilan yumshoq piling qilish ham mumkin.
Yuzdagi teshikchalar ochilib, niqob tarkibidagi moddalar teriga yaxshiroq singishi uchun yuzni bug‘lab yumshatgan ma’qul. Buning uchun qaynoq vanna qabul qiling yoki yuzingizni qaynoq suv solingan idish og‘ziga tutib turing.
Endi niqobni surish mumkin. Vaqtni belgilang va bo‘shashing.
Niqobni yuvib tashlashga kirishing. Uni ehtiyotkorlik bilan, iliq suvda, yaxshisi sovunsiz yuvish zarur (agar yuzdan ketishi qiyin bo‘laversa, sovun ishlatish mumkin). Ba’zi niqoblarni esa oddiy salfetka bilan tozalab olish mumkin.
Foydali niqob retseptlari bilan tanishishing
Oq gildan niqob. U ajinlarni tekislaydi va yuzdagi teshikchalarni toraytiradi. Bir choy qoshiq kosmetik oq gilni shuncha miqdordagi asal va limon sharbati bilan aralashtiring. Uni darhol yuzga surib, 20 daqiqaga qoldiring.
Gerkulesli niqob quruq teri uchun ayni muddaodir. 50 gramm suli yormasini blanderda maydalang, yarim stakan qaynoq sutga soling va bir choy qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiring. Yuzga surib, yarim soatga qoldiring.
Xamirturushli niqob. Tez eruvchi drojjini sut yoki suvda eriting, hosil bo‘lgan massa quyuqligi smetananikiga o‘xshash bo‘lishi kerak. Unga bir osh qoshiq bodom yog‘i qo‘shing va yuzga uch qavat qilib suring va 20 daqiqaga qoldiring.
Yog‘li yuzlar uchun qatiqli niqob mos tushadi. Bir choy qoshiq osh sodasini 50 ml iliq qatiqqa qo‘shing. Yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring.
Quruq yuzga tuxum sarig‘i va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Buning uchun bitta tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq asal bilan aralashtiring va yuzga yarim soatga surib qo‘ying.
© Diyora Rahmatullayeva
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев