Ko'z tagidagi qoramtir va jigarrang ko'zimizni xunuk va ancha xorg'in qilib ko'rsatadi. Buning asosiy sabablari yurak va buyrak kasalliklaribilan bog'liq. Bundan tashqari kunning salqin vaqtlarida ko'z tagi qorayib ketadi. Chunki ko'zlarimiz ostidagi teri yog'i kamayib, teri yupqalashib qolishi mumkin.
Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun sovuq kunlarda ko'chaga chiqishdan avval ko'z tagiga qalinroq qilib oziqlantiruvchi (pitatelnыy) krem surish kerak. Tamaki va al'kogol ichimliklaridan ham ko'z atrofi qorayib ketishini ugutmang. Ayollarimiz doim guzal bulib, ulardan faqat xushbo'y ifor ufurib turishiga nima yetsin. (Tamaki hidi emas).
Ko'pincha, organizmga temir moddasining yetishmasligi, tez vazn yuqotish(30-40 yoshlarda ayniqsa) yuz ozishi natidjasida ko'z tagi yog'larining erishi sababli ko'z tagi yupqalashib qorayib ko'rinadi. Shu bilan birga noto'g'ri tanlangan tozalash vositalari (molochko va gellar), kremlar ham ko'z terisini qorayishiga sabab bo'ladi. Komp'yuter atrofida o'tirish va kitobni ko'p o'qish ham bu holatga sabab. Bunday vaziyatda tarkibida Vitamin A, K, C bo'lgan kremlardan foydalangan maqqul.
Niqoblarga kelsak
✅ tvorogni bir qavat marliga solib ko'z atrofiga 15 minutga quyish…
✅ kartoshkani qaynatib 2ga bo'lib iliqligida niqob qilib 10 daqiqadan so'ng olib tashlanadi.
✅ qora choyni muzlatib bir qavat dokaning ustidan 5-7 daqiqaga vaqti-vaqti bilan qo'yib turish kerak.
Albatta, bunday holatda Retinol kremidan muntazam foydalanish zarur. 2 oy davomida muntazam surtilganida so'ng samarasi seziladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев