🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
1. Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik qachon ro'y beradi?
Ikki va undan ko'p homila ayolning urug'langan tuxumining bo'linishi
natijasida (odatda urug'langandan so'ng ikkinchi kuni) sodir bo'lishi
mumkin yoki urug'lanish jarayonida ayolning bir necha tuxumi bir
vaqtning o'zida urug'lanishi natijasida vujudga keladi.
Tuxumning bo'linishi tufayli vujudga kelgan homiladorlikdan tug'ilgan
bolalar bir-biriga juda o'xshash boladilar. Bir necha tuxumning
urug'lanishi natijasida tug'ilgan bolalar bir-birlariga oddiy aka-singil
(opa-uka)dek o'xshash bo'ladilar
👉 @GinikolikMaslaxat 👈.
2. Homiladorlikning qaysi muddatida bir necha homila borligi aniqlanishi
mumkin?
Odatda shifokorlar bir nechta homila borligini bachadonni tez o'sib
borishidan gumon qiladilar. Ultra tovushli diagnostika (UTD) yordamida
esa, homiladorlikning 6-7 - haftasida homila sonini aniq bilsa bo'ladi.
@Ginekologiya
3. Nega ko'p homilali homiladorlikda bolalar ko'pincha muddatidan oldin
tug'iladilar?
Bachadon ayolning umumiy jismoniy holatiga bog'liq ravishda
kattalashishi mumkin. Undan ortiq katta bo'la olmasligi tufayli ko'p
homilali homiladorlikda bolalar odatda 37 hafta atrofida tug'iladilar.
Ko'p homilali homiladorlikning faqatgina 10% 40 haftagacha cho'ziladi.
Shuning uchun ayolning asosiy maqsadi homiladorlikni iloji boricha
uzoqroq cho'zish, kerak bo'lsa u shifoxonada maxsus ko'rikda bo'lishi
talab etiladi.
4. Ko'p homilali homiladorlikda bolalar jarrohlik yo'li bilan tug'ilishi
shartmi?
Hozirgi kunda bunday homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning yarmi tabiiy
ravishda tug'dirilsa, yarmi kesarevo kesilish yo'li bilan tug'diriladi.
Bunda ayolning salomatligi va homilalarning bachadondagi holati alohida
ahamiyat kasb etadi.
5. Ko'p homilalikda birinchi dunyoga kelgan bola keyingi tug'ilganlaridan
ko'ra rivojlanishi tezroq bo'ladimi?
Yo'q, qaysi homila birinchi tug'ilishi bolaning keyinchalik rivojlanishiga
aloqasi bo'lmaydi.
@Ginekologiya
6. Ko'p homilali homiladorlikning o'ziga xos xususiyatlari nimadan
iborat?
- Oddiy homilador ayoldan shifokor ko'rigida ko'ra ko'proq bo'lishi
kerak.
👉 @GinikolikMaslaxat 👈
- Ko'p dam olishi, kuniga kamida 2-3 soat davomida oyoqlarni
baladroqqa ko'tarib yotishi lozim.
- Ortiqcha jismoniy og'irlikdan xoli bo'lishi kerak.
- Oddiy homilador ayoldan ko'ra ikki barobar ko'proq vitaminga boy oziq-
ovqatlar bilan ovqatlanish kerak: kasha, go'sht, baliqlarning turlari,
qovun, shpinat, dukkakli mahsulotlar, mevalar, quritilgan mevalar,
vitamin Cga boy mahsulotlar, sabzavotlar. Faqat ovqatlanishni oz-
ozdan tez-tez amalga oshirish foydali bo'ladi.
7. Ko'p homilali homiladorlikni rejalashtirsa bo'ladimi?
Afsuski, yo'q. Faqatgina sun'iy urug'lantirishda buning iloji bor.
@Ginekologiya
8. Ko'p homilali homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning salomatligi qanday
bo'ladi?
Ko' homilalikda bir homila nobud bo'lishi, homila juda kam vazn bilan
tug'ilishi va bir yoki bir nechta homilaning rivojlanishiga patologik
o'zgarishlar vujudga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun homilador ayol
mutaxassislarga vaqtida uchrab, talab etilayotgan muolajalarni to'g'ri
amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
👉 @GinikolikMaslaxat 👈
9. Ko'p homila bo'lganda nimaga ahamiyat berish lozim?
Homilador ayol anemiyaga ko'p uchraydi, ko'p homilali homilador ayolda
esa anemiya vujudga kelish ehtimoli 2 barobar ko'payadi. Shuning
uchun temir moddasiga boy mahsulotlarni, kerak bo'lsa shifokor
maslahati bilan temir moddasiga boy vitaminlarni iste'mol qilish kerak
bo'ladi.
10. Tug'ilgan bolalarning vazni bir xil bo'ladimi?
Yo'q, ularning vaznidagi farq bir necha grammdan 1000 grammgacha
farq qilishi mumkin
••━❉🌸🔮🌸❉━••
👉 @GinikolikMaslaxat 👈
┄┅অঠই✯🌸🌷🌸✯ইঠঅ┅┄
BU YERGA BOSING
👇👇👇👇👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETyu7cQaub_dND63A
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев