Kecha "Qirollik klubi" safida klublar o'rtasidagi Jaxon chempionligini qo'lga kiritgan Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos ushbu turnirda ketma-ket ikki bor zafar quchgan dastlabki futbolchiga aylandi.
"Qirollik klubi" xavbeki bu yilgi g'oliblikdan avval o'tgan yilning so'nggida ham "Bavariya" safida Jaxon chempioni degan nomga sazovar bo'lgan edi.
Umuman olganda Toni roppa-rosa 1 yil (364 kun) ichida 3 bor Jaxon chempionligini tantana qildi (2 bor klublar miqyosida, 1 bor terma jamoada). Aytib o'tganimizdek avvaliga "Bavariya" safida o'tgan yilning 21-dekabr kuni chempion bo'lgan bo'lsa, shu yilning 9-iyul kuni Germaniya terma jamoasi safida mundial g'olibligini qo'lga kiritdi. Kecha 20-dekabr kuni "Real" safida 3-marotaba FIFA tasnifidagi mundialda g'alabaga erishdi.
вγ ลđʍιท
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев