Mamlakat: Ispaniya
Shahar: Маdrid
Ma'lumotlar:
Jamoaning to'liq nomi: Real Madrid Club de Futbol
Shahar: Мadrid
Jamoa tashkil topgan yil: 1902 yil
Stadion: "Santiago Bernabeu", maydon hajmi 106х66, 1947-yil qurilgan
Stadion sig'imi: 87 000 muhlis
Prezident: Florentino Perez
Bosh murabbiy: Carlo Ancelotti
Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid)
Rasmiy web sayti: www.realmadrid.com "Real Madrid" jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e'tirof etilgan. Madridning "Real" jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1902 yil 6-martda aka-uka Padros va Xulian Palasios tomonidan "Madrid Football Club" nomi ostida tashkil etilgan. 1920 yil 29 iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII jamoaga "Qirollik" nomini bergan bo'lib, Ispanchada "Real" degan ma'noni anglatadi. Shu orqali jamoa nomi "Real Madrid" deb atalgan. Jamoa futbol tarixida eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 9 marta Evropa Chempionlar Ligasi kubogini, 32 marta Ispaniya La Ligasi chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritgan bo'lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan.
Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo'ylab o'z muhlislariga ega bo'lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi. "Real Madrid" aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo'lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo'li ostida bo'lib, prezidentni saylash "socios" (Jamoaga har yili tovon puli to'lab a'zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo'lib saylangan kishi esa o'zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig'ib o'z g'oyalarini olg'a suradi.
"Real Madrid"futbol jamoasidan tashqari"Real Madrid Basketbol"jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo'lib, yildan yilga yevropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa"Real Madrid"Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko'zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta'kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to'p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo'shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so'ngi yillarda jamoada to'p surgan va to'p surib kelayotgan Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, David Backham, Raul Gonsales, Iker Casillas, Arien Robben, Kaka', Cristiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo'la oladi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2