Vasvasaga yo'liqganda.
Alloh taolo Fusillat surasining 36- oyatida: Agar sizni shayton tomonidan biror vasvasa yo'ldan ozdirsa, Allohdan panoh so'rang. Albatta u eshituvchi va biluvchi zotdur, dedi.
Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlardan birortangizga shayton kelib ,, Uni kim yaratdi? Buni kim yaratdi? Deb savol beradi, xatto Robbingni kim yaratdi? deyshgacha boradi. Ana shunda u Allohdan panoh so'rasin va (fikriga) barham bersin: dedilar.
(İmom Buhoriy va Muslim rivoyatlari)
Boshqa sahih rivoyatda aytiladi: İnsonlar so'rashda davom etishadi, xatto: Alloh butun mavjudodni yaratdi. Unda Allohni kim yaratdi? Deyishadi.
Kimning qalbida shu savol paydo bo'lsa, Amantu billahi va Rasulihi.
Manosi: Allohga va uning Rasullariga imon keltirdim: deb aytsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев