Söngi bösa oldi gulidan e-voh.
Shunchalar kuydurdi, shunchalar öpdi.
Yoshlandi gulining yaprog'i
shu chog'.
Keyin uchib ketdi.
Bilmam qaylarga. Közidan
oqizmay bir tomchi yoshin.
Qaytmas bölib ketdi gulzorga.
Guliga qoldirib ötli bösasin. Gul esa sog'inchla qumsadi uni.
Yosh tökib közidan, kutdi
umidvor.
Boshqa kapalaklar rom etmas
gulni.
Kuydurguvchi bösa faqat
unda bor.
Kutib kutib közlari toldi.
Kapalagin ham balkim unutdi.
Közlari intizor, taqdirga köndi.
Bag'ritosh atadi, bevafo dedi.
Nafratga aylandi muhabbati ham.
Unutdi sog'inchli, ötli bösasin.
Bechorahol gul bilsin qaydanam:
Kapalaklar bir kun yashashin....
Demak ayblama!
Huda behuda.
Bag'ritosh atama.
Bevafo dema.
Seni deb jonimdan kechmagan kunim.
Demak men ölibman,
ölibman gulim.
Demak ayblama, huda-behuda.
Ishon. Sevaman men
shubhalansamda.
Seni men jonimdan sevmagan
kunim.
Demak men ölibman, ölibman
gulim.
Seni deb jonimdan
kechmagan kunim.
Seni men jonimdan sevmagan
kunim.
Chorlasang yoninga kelmagan
kunim.
Kapalaging ölibdi, ölibdi gulim.!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев