o‘rganishda davom etmoqdamiz. Tabiat bizni doim ruhlantiradi, biz
undan ilhom olamiz. Undagi jamiyki narsalar inson hayoti va faoliyati
bilan o‘xshash, quyida undan o‘rganish mumkin bo‘lgan besh narsani
o‘qishingiz mumkin. 1. Daraxtni cho‘qilayotgan qush – u bir tekisda va uzoq payt bu ishini
amlaga oshiradi. Maqsadi esa ozuqa toppish. To‘g‘ri, u tumshug‘ini
bir urib, daraxtni ikkiga bo‘lib yubora olmaydi, biroq bizning
ko‘pchiligimiz shunday qilishni istaymiz. Ammo undan o‘rganishimiz
mumkinki, bir nuqtaga, bir maromda, bir necha marta, aslo
to‘xtamasdan tumshuq urib, maqsadga erishish mumkin. 2. Oqimga qarshi suzayotgan baliq – u oqimga qarshi suzib, o‘zini
hayotga chidamli ekanligini ko‘rsatish, yoki baquvvatroq bo‘lishni
istashini bildirmaydi. Oqimga qarshi suzganda ko‘proq kislorod va
ozuqaga duch keladi. Oqim bo‘ylab suzganda esa bu ko‘rsatkichlar
ancha darajaga pasayadi. Biz esa 30 yil bir joyda bir xil ishni
qilishgaodatlanganmiz va har doim bir xil natijaga erishamiz. Ammo qiyinchilik bilan davom etayotgan ishning natijasi ham anchagina
yaxshiroq bo‘ladi. 3. Sherning kattalardan ov qilishni o‘rganishi – bunda u tajribasida
kattalarning ov qilish mahoratini sinab ko‘radi. U ov jarayonidagi
noqulayliklarni yengib o‘tadi. Biz esa darsni ov qilishni o‘rgatayotgan
quyondan olamiz, o‘zimiz biror narsa izlashga urinmaymiz. Yoki
xonada o‘tirib, eshikni qulflab darsliklardan biror narsa o‘rganishga
intilamiz. Biroq, nimanidir amalda sinab ko‘rish a haqiqiy “ov” qilishni, ya’ni o‘qiganlarimizni amalda ishlatib ko‘rishimiz zarur.
Shunda ov paytida xatolikka yo‘l qo‘ymaymiz. 4. Itning dumini likkillatishi – bu bilan birovga “dumingizni likkillating”
demoqchi emasmiz. Biroq, itning hayolida “sen meni uyingga olib
bor, qornimni to‘ydir, keyin men senga dumimni likkillatib beraman”
degan narsa yo‘q. U o‘z qilig‘i bilan bizni hursand qila oladi, bizning
fikrlarimizga nimadir bera oladi va uning o‘rniga nimadir qabul qilib
oladi. 5. Ilondan nolimaslikni o‘rganish – u “men qo‘lsiz, oyoqsizman, ko‘z
nurim yaxshi emas, mana bu yerda tug‘ilmaganman, menga ota-
onam e’tibor qilmagan” deb nolimaydi. Ba’zan tug‘ma “nogiron-
jonzot” kabi ham bo‘la olmaymiz. Eslatib o‘tamiz, bu fikrlar sizning hayotingizni o‘zgartirishingiz uchun
yozilmagan. Ular kimningdir hayot tajribalari va u shunday yashashni
afzal biladi. Yuqoridagi gaplar orasida sizning hayot tajribalaringizga,
dunyoqarashingizga mos kelmaydiganlari bordir. U holda o‘z
fikrlaringizni fikr bildirish orqali boshqalar bilan bo‘lishing. Har kim o‘z
fikri va dunyoqarashini tasvirlashi mumkin. Biz sizni albatta tinglaymiz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев