u bir otash.
Havas qilgan ko'ngillarga
ermak emas u.
Sevmoq asli birov uchun
baxshida yashash.
Sevmoqlik- o'z erkini rad
etmoq mangu!
Muhabbatni shodlik demang
u tomoshamas.
Oshiqlarning kuni xasrat
tunlari bedor.
Sevgi hayot demang zero,
bu hayotga hos.
Oshiq uchun har daqiqa
bitta o'lim bor.
Omad emas muhabbat
og'ushida bo'lmoq.
Bu sinovkim men barchaga
tilardim to'zim.
Bu- bir o'lim yo dunyoga
qaytadan kelmoq.
Boqiy sevgi olamida
aytmoq o'z so'zin.
Muhabbatda haqiqiy
ustozing ko'ngling.
Aql ish bermaydi bu yo'lda
azal.
Azobi yotadi qadamda
mushkul.
Bu aslo tunlari bitmoqmas
g'azal.
Muhabbat saodat ammo
quvonchmas.
Kim shunday o'ylasa
chuvalsin o'yi.
Dil istab hech kim ham uni
qucholmas.
Na rangi bor uning va naki
bo'yi.
Muhabbat suv emas
ichsangda qonsang.
Kiysang yarashtiribki libos
ham emas.
Mabodo bu yo'lda bir bor
tonsang.
Boshingni silamas
"kechirdim" demas...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев