Yoshligimda Qur’on tahsil olayotgan
paytim edi. Takror qilib o‘tirardim.
Menga yaqin joyda, hovuzning bo‘yida
yosh bolalar savatda uyda yopilgan
non sotishardi. Asr vaqtida hammasi
savatini bo‘shatib, uylariga ketishardi.
Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay,
hovuzning bo‘yida yig‘lab o‘tiribdi.
Oldiga borib yig‘lagani sababini
so‘radim.“Sotilgan nonning tangalari
solingan hamyonni o‘ynab o‘tirib
hovuzga tushirib yubordim. Endi o‘gay
onam meni o‘ldiradi. Qanday boraman
uyga?…” – deb yig‘lardi qizaloq.Men
hovuzning qizaloq ko‘rsatgan joyiga
sho‘ng‘ib, hamyonni balchiqlar
orasidan qidira boshladim. Nafasim
yetmagan payt suv ustiga chiqaman,
so‘ng yana suv ostiga kiraman. Oxir
hamyonni topib, olib chiqdim. Yuvib,
tozalab qizaloqqa berdim. Uning
xursandligi intihosiz edi.So ‘ng men
unga ta’lim berdim:“Senga
hamyoningni topib berganim uchun
qiblaga qarab, qo‘lingni ochgin-da,
meni duo qil. Men aytib turaman, sen
o‘shani qaytarib duo qilasan: Allohim,
bandangning menga qilgan bu yaxshiligi
sababidan, unga ilm bergin,
uni bokamol qilgin, umrini uzoq
qilgin!”Qizaloq meni duo qilgancha,
o‘ynoqlab uyi tomon yo‘l oldi. Yetimni
xursand qilganim uchun mening ham
dilim rosa yayradi.Hozirgi holatimni
o‘sha yetimning duosidan deb
bilaman. 50 dan ortiq ustozlarni
ko‘rdim. Hammasi mendan rozi bo‘lib,
haqimga duo qilishdi…”Qizaloqning
duosi mustajob bo‘lgan edi: Hoji Domla
Hindistoniy ilmda yuksak kamolotga
erishdilar. Yurtimizning zabardast
ulamolariga ustozlik qildilar. Alloh
umrilarini ham uzun qildi. 96 (hijriyda
100) yoshlarida vafot etdilar…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев