Bir ayol genekolog huzuriga shoshilib
kirdi va shunday dedi: - Doktor, menda
jiddiy muammo bor! Menga sizning
yordamingiz kerak. Mening bolam
tug'ilganiga hali yil ham bo'lmadi, lekin
men yana xomiladorman. Men
bolalarimni deyarli teng bo'lishini
xohlamayman. Doktor: - Xo'p, xo'sh
mendan nima yordam kerak sizga?
Ayol: - Meni xomiladorligimni
to'xtatsangiz, ya'ni abort qilsangiz. Bu
ish sizni qo'lingizdan keladi. Doktor
biroz sukut saqlab shunday dedi: -
Menda undan ham yaxshiroq fikr bor.
Bu sizni fikringizdan ham yaxshi. Ham
sog'lig'ingizga ham zarari yo'q. Ayol
doktor uni tushinganidan xursand bo'lib
yuziga tabassumga yugirdi. Shunda
doktor: -Men shunday narsani taklif
qilaman. Sizga birdaniga ikkita
farzandga qarash og'irlik qiladi. Keling
sizdagi dunyoga kelgan farzandni
o'ldiramiz. Shunda siz qorningizdagi
farzand dunyoga kelguncha biroz bo'lsa
ham dam olib olasiz. Nima farqi bor,
baribir ikkita farzandingizdan bittasini
o'ldirishimiz kerakku! Dunyoga
kelganini o'ldirsak sog'lig'ingizga ham
xavf tug'dirmaydi. Ayol daxshatga
tushib shunday dedi: - Yo'o'o'q doktor!
Bu daxshatku! Axir farzandni o'ldirish
jinoyatku! Doktor: - To'g'ri, gapingizga
qo'shilaman, lekin siz shu jinoyatga qo'l
urishga tayyor edingizku! Nima farqi
bor? Tug'ulmagan farzandni o'ldirdingiz
nimayu, dunyoga kelganini o'ldirdingiz
nima? Baribir ikkisi ham jinoyatku!
MUALIF; Gulbaxor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев