Bilmam nimang bilan sehrlading qor.
Bugun kuppa kunduz ko'zim o'ngida,
Yana bir yoshimni o'g'irlading qor.
Qirqinchi qasrimga o'taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi...?
Bahorim yetgudik qo'yim uzatsam,
Yitolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g'alat bu bayram.
Kulub kuzatsammi, yig'lab kuzatsam.
Dardimni ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi...?
So'rasang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum-u, kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi...?
Yangi yil, kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir gap aytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi...?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев