Sevgi deya
atalmush oliy
tuyg'u hammaga ham nasib
etavermaydi.Sevgi-bu Olloh
bergan iloxiy tuyg'u bo'lib
Ollohning bandalariga
bo'lgan,bandalarining esa
Ollohga bo'lgan sevgisidan
boshlanur.Sevib sevilishdanda
ortiqroq baxt yo'qdur
dunyoda.Agar inson umrida chin
yurakdan bir bora sevsa,sevgini
qandayligini biladi.Nega insonlar
sevgi so'zini eshitsa "Sevgini
ko'zi ko'r" deydilar,chunki ular bu
so'zning asl ma'nosini
bilmaydilar. Sevgan insoning
qalbi pok va beg'ubor
bo'ladi.Ular huddi yosh bolakay
suyunganiday,sevgan insonini
ko'rsa suyunadilar.Agar inson
chin dildan sevsa hech narsa uni
qo'rqitmas,hech narsa
maqsadiga halaqit bera
olmas,chunki sevgan inson
biladiki chin sevgi baribir cheksiz
baxt ekanligin. "Sevgini ko'zi
ko'r,qulog'i kar"- degan ma'qolga
kelsak...xaa,sevgini ko'zi
ko'r,qulog'i kar,lekin nega???
Negaki bu SEVGI. Sevgan inson
hech narsani anglay
olmaydi.Sevgilimni ko'rsam-u
qalbim yorishsa deydi.Aslida
sevgan insoni hech narsa
qiziqtirmaydi,na boylik va na
chiroy...Chunki chin yurakdan
sevgan inson ko'z yoki quloq
bilan emas,haqiqiy chin musaffo
qalb bilan sevadi.Lekin afsus
ba'zida bunday sevgini qadriga
yetmay qolamiz,keyin vaqti keladi
xaa albatta vaqti keladi-yu,lekin
kech bo'ladi...O'sha sof va
beg'ubor sevgan insoning bir
og'iz shirin so'ziga zor bo'lamiz-
u,ko'zga yosh olgancha xo'rsinib
qolamiz. Hurmatli yoshlar!!!
Keling bir o'ylab ko'ramiz...Sevib
sevilib qurilgan oila yaxshimi yoki
qizni chiroyiga yo bo'lmasam
yigitning boyligiga uchib
qurilgan oila yaxshimi? Masalan:
Ikki inson bir-birin chin yurakdan
sevishsa,ularning o'rtasida
ishonch va xotirjamlik
bo'ladi.Yaxshi yomon kunida bir-
birlariga suyanishadi.Ularning sof
sevgisiga hech kim va hech narsa
azob bera olmaydi.Ular kun-u tun
faqat bir-birlariga intilib yashaydi.Ne axvolda,tinch-
omonmi,xursandmi yo
g'amginmi deb o'ylab
yuradilar.Sevgan insoning
sevgilisi kulsa u ham kuladi,yoki
yeg'lasa u ham yeg'laydi.Chunki
sevilgan insonlar bir tan-u bir jon
bo'ladi va "SEVGI" deya atalmush
dunyoda sayr etadi... Endi esa
keling,qizning chiroyiga uchib
turmush qurgan yigitlar haqida
gaplashsak.Ularning sevgisi
qanday?! Ularning sevgisi
vaqtinchalik,ya'ni...Bir
haqiqatki,Olloh insonlarni bir-
biridan go'zal qilib yaratgan.Xo 'sh,chiroy ila qurilgan
turmush,shundaki ular faqat
yuzni va qaddi-qomadni
sevadilar,lekin qalb chiroyi neligin
bilmaydilar.Bir yigit chiroyga
uchib bir qiz bilan turmush qurdi
deylik,bu yigitdan keyinchalik
nimani kutish mumkin?! Chiroy
bir o'tkinchi payt.Yuzdagi
chiroy,qaddu-qomad bir kun
kelib o'z aksin yo'qota
boshlaydi.Shunday paytda
chiroyni deya turmush qurgan
insoni qayerlardan topamiz?!
Yanada go'zal va yanada dilbar
ayol makridan topamiz.Xo 'sh
bunday holda qanday yo'l
tutamiz? Yoki dod-faryod urib
yeg'lab qolamiz,yo bo'lmasam
mag'rurlik ila qalbda armon
bo'lgan orzularni ko'mamiz. Endi
esa boylikka uchib qurilgan oila
haqida gaplashsak.Hozirgi
zamonda hammaga
ma'lumki,mashinasi bor uyi qasr
qizning harajatlarini
qondiradigan yigitlarni kamdan-
kam qizlar rad qilishadi.Qizga
turli xil sovg'alar
bersa,mashinasida aylantirib
yursa qaysi qizga yoqmaydi,yoki
qizning otasi badavlat bo'lib
bo'lajak kiyovining qo'liga
qimmatbaxo mashinaning kalitini
berib qo'ysa qaysi yigitga
yoqmaydi deysiz?! Endi sevgini
chetga surib,boylik ila qurilgan
oila...Olloh bu hayotda insonga
bir marotaba cheksiz boylik deya
atalmish omad beradi.Bu omadni
ko'pchilik insonlar qadriga
yetmaydilar.Shunda boylik
bilmagan holda qo'ldan
chiqadi.Undan so'ng esa oilada
yetishmovchiliklar va oila
o'rtasida janjallar yuzaga
keladi.Qizning boyliga uchgan
yoki yigitning boyligiga
uchganlar esa o'z extiyojini
qoniqtira olmay ajralisha
boylaydilar.Chunki ular
qiyinchiliksiz,o'zlariga ora berib
yashashga o'rganib
qolganlarda,ularga bu ish odat
bo'lib qolgan.Lekin boylik qo'ldan
chiqsa ham,odat insonni tark
etmaydi.Sekin-asta oila deb
atalmush hayot janjallar ila yakun
yasaydi. Endi aytingchi,shu uch xil
sevgidan qaysi birini o'zingizga
mos deb o'ylaysiz??? Sevgi bu-
Ishonch demakdur,chin sevgi bor
qalbda rashqqa o'rin
kam.Ishonchsiz sevgi,sevgi
emas.Azizlar Ollohim
hammamizni sevib sevilib
yashashdan maxrum
qilmasin.Seving va hamisha
sevilib yuring...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2