Предыдущая публикация
Endi eslamasman, unut u damlar.
Menga zaharxanda tikilib turar,
Sevgisin boylikka sotgan odamlar.
Nega doim o'zim yolg'iz aybdor,
Nega tuyg'ularim o'z bo'ynimga dor.
Kechir, ham demaydi aqalli bir bor,
Sevgisin boylikka sotgan odamlar...
Birovning tashvishi ekan bir tiyin,
Boshingga chiqadi egganing sayin.
Yetim muhabbatni qilishar o'yin,
Sevgisin boylikka sotgan odamlar...
Endi bu dunyodan sevmay o'taman,
Dilim yig'lab, ko'zim kulib o'taman,
Yo'limga g'ov bo'lsa, yanchib o'taman,
Sevgisin boylikka sotgan odamlar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев