rizqi
Domla Hindistoniy hikoya
qiladilar:
“Xattotlik bilan shug‘ullanib
turardim. Ustozimga
“Sahihi Buxoriy”ni ko‘chirib
tursam,
xonadondagilar bugun yeyishga
ham hech narsa
qolmaganini aytishdi. Mening
ham qo‘limda
hech nima yo‘q. Bugun endi sabr
qilasizlar,
ertaga Alloh bir yo‘lga boshlar,
deb ma’yuslanib,
yoza boshladim. Bir mahal
kovakdan kichkina
sichqon chiqib, kitobimning
ustida uyoqdan
buyoqqa o‘taverdi. Mening
ko‘nglimni hadeb
parishon qilavergach, kosani olib,
sichqonchaning ustiga to‘nkarib
qo‘ydim. Bir
payt bolasini qidirganday ona
sichqon chiqib,
kosa atrofini iskay boshladi. Kosa
ostidan “chi-
chi”lagan ovoz eshitildi, go‘yoki
ona-bola
tillashishdi. Ona sichqon kovakka
kirib ketib,
keyin bir misqollik oltinni tishlab
chiqdi-da,
kosaning oldiga qo‘ydi. Kosaning
oldida aylanib,
“chi-chi”lab turdi-da, yana
kovakka kirib ketdi.
Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi.
Men qarab
turibman. Sichqon tashigan
oltinlar 14 taga
yetdi. So‘ng “endi oltin tamom
bo‘ldi, mana
hamyoni” deganday charm
katmonni sudrab
chiqdi. Bildimki, uning bisotida
hech narsa
qolmabdi. Kosani ko‘tardim, ona-
bola sichqonlar
iniga kirib ketdi.
Mana shu sichqonlar bilan-da,
mening rizqimni
Alloh yetkazgan edi…”
Hoji Domla Hindistoniy
rahmatullohi alayh
ma’ruzalari asosida tayyorlandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1