Ko'ngil uying qoplaganda qaro tunlar Zulmatingga panoh edim - hech sezdingmi? Seni derdim, g'iybatlarga qilmay parvo, Yolg'onlarning ko'chasiga kirmas edim. Menga faqat azoblarni ko'rding ravo, Sevmoq shunday alam, deya bilmas edim... Yoqyaptimi endi seni o'sha alam, Qanday ekan zor qaqshamoq hijronlarda?! O'rtamizda o'sha g'urur tog' bo'lsa ham, Aldamay ayt - Yig'lading-ku armonlarda... Yolg'izsan-ku hatto yolg'iz kechalardan, Sog'inchlardan yaratyapsan meni qayta. Xotiralar azoblagan ko'chalardan Eslamayin o'toldingmi biror marta?! Men yig'lagan yo'llar seni chorladimi, Seni ko'rdim - xotiralar orasida...? Kunlaringda mensiz zulmat porladimi - Senga jazo berdi ishqi norasida... Mening bilan butun edi yarim baxting, O'zligingni yo'qotganing hech sezdingmi?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев