davolash
Jinsiy ojizlikni davolash
shifokor uchun oson emas,
albatta. Erkaklardagi jinsiy
ojizlikni davolashda uning
kelib chiqish sabablarini
aniqlash va shunga qarab
davolash rejasini tuzish kerak
bo‘ladi. Mabodo maxsus
laboratoriya sharoitida
tekshirish zarurati tug‘ilsa,
shifokor uni ham buyuradi.
Davolashni muvaffaqiyatli
o‘tkazishda ayol va er
o‘rtasidagi hamjihatlik hamda
ularning shifokorga yordami
juda zarurdir. Agar shunday
yordam bo‘lmasa, shifokor
ko‘pincha qiyinchilikka uchraydi,
davolash ba’zan
behuda ham ketadi. Jinsiy
yaqinlik masalasida erkak
ayolga qaraganda ko‘proq
ma’lumotga ega bo‘lishi va
tashabbusni doimo o‘z qo‘lida
saqlashi kerak bo‘ladi. Er va
xotin jinsiy yaqinlikka to‘siq
bo‘ladigan sabablarni
birgalikda maslahatlashib hal
qilishlari - muvaffaqiyat
garovidir. Eng avvalo, jinsiy
yaqinlik va uning to‘laqonli ijro
etilishini asab tizimi hal qiladi.
Bunday asab tizimiga orqa
miyada joylashgan ereksiya va
eyakulyatsiya markazlari
kiradi. Bu markazlar periferik
asab tolalari va jinsiy a’zolar
hamda bosh miyaning po‘stloq
qavati bilan bog‘liq. Har
qanday jinsiy yaqinlikdagi
buzilish, ozmi-ko‘pmi, asab
tizimiga aloqador bo‘ladi. Jinsiy
gormon ishlab
chiqaradigan bezlarning
yomon ishlashi, gormonlar
miqdorining kamayishi, jinsiy
bezlarni olib tashlash (bichib
qo‘yish) jinsiy ojizlikka olib
keladi, bu hollar asab tizimiga
asta-sekin shikast yetkazadi,
oldiniga jinsiy a’zolar ishini
saqlashga intiladi, birmuncha
vaqt saqlab turadi ham,
keyinchalik batamom ishdan
chiqadi. Ko‘pincha jinsiy
sekretsiya bezlarining faoliyati
to‘laqonli bo‘lsa ham,
impotensiya sodir bo‘laveradi.
Demak, bunda jinsiy ojizlik
bosh miya yarim sharlarining
po‘stloq qismi izdan chiqqan
bo‘ladi. Aksariyat erkaklarda
uchraydigan impotensiyada
«kutish nevrozi» katta
ahamiyatga ega. Afsuski,
bunday holat, yoshlar o‘rtasida
hozirda keng tarqalgan.
«Yaqinlikni uddalay
olarmikanman» degan fikr
ularga xalaqit beradi. Bunday
toifadagi erkaklarning jinsiy
a’zolarida hech qanday o‘zgarish
yo‘q, hammasi
joyida, lekin unda ruhiy
kamchilik bor, xolos. Bunday
erkaklarni davolashda ularni
o‘z imkoniyatlariga ishontirish
muhim. Shifokor ularning jinsiy
a’zolari sog‘lomligi, biror
kamchiligi yo‘qligini uqtirib,
bo‘ladigan yaqinlik uning
uchun hech qanday muammo
emasligiga ishontira olishi
lozim. Prostata bezi kasalliklarida
esa undan
suyuqlik olinib, tekshirishdan
o‘tkaziladi va olingan
natijalarga qarab, maxsus
davolash usullari qo‘llaniladi.
Shu o‘rinda biz bunday hollarda
jinsiy yaqinlikni
kuchaytiruvchi kimyoviy dori-
darmonlarni qo‘llashdan ko‘ra
prostata bezini tabiiy usullar
bylan davolashni tavsiya
etamiz, chunki kimyoviy dorilar
vaqtincha yordam
berib, prostata bezi kasalligini
kuchaytirib yuboradi.
Tabiiy usullar rejasi ishlab
chiqilgan bo‘lib, ularga bezni
uqalash, tabiat in’om etgan
maxsus «loy yuborish,
«ishtoncha» usulida chaplash,
prostata bezi suyuqligini
keltiruvchi boshqa usullarni
qo‘llash, bundan tashqari igna
sanchib davolash muolajalari
kiradi. Igna sanchib davolash
muolajasi badandagi hamda
quloq suprasidagi nuqtalarda
olib boriladi. Kezi kelganda shuni
ham
aytish kerakki, radio va oynai
jahonda, matbuot sahifalarida
ekstrasenslar va boshqa
shunga o‘xshash
mutaxassislarning turli
xastaliklarni, shu jumladan,
jinsiy ojizlikni davolashlari
haqidagi reklama va e’lonlari
berilayotganligining tez-tez
guvohi bo‘lib turamiz. O‘zingiz
bir o‘ylang, jinsiy ojizlikni
qanday qilib qo‘lni
qimirlatishlar bilan davolash
mumkin? O‘zingizga ma’lum
Kashnirovskiyning dovrug‘i
nima bilan tugadi?
Impotensiya ko‘pincha spirtli
ichimliklarga ruju qo‘yish
tufayli ham kelib chiqishini
yuqorida aytib o‘tgan edik.
Ichkilik ichgan kishi qonida
jinsiy gormonlar miqdorining
bir necha marta kamayib ketishi
maxsus tekshirish
usullari orqali aniqlangan.
Spirtli ichimliklar ichishni xush
ko‘ruvchi erkak, masalan,
ichishni 15-16 yoshda
boshlagan bo‘lsa, ularning jinsiy
a’zolari to‘liq
rivojlaimasidanoq jinsiy
zaiflikka mubtalo bo‘lishi
mumkin, shuning uchun ular bu
og‘udan tez qutilish chorasini
ko‘rishi lozim. • Ichishni
tashlagan jinsiy ojiz erkak, hali
vaqtni qo‘ldan boy bermagan
bo‘lsa, bir yilga yetmay
erkaklik xususiyatini tiklab
olishi mumkin. Bu hollarda ayol
eriga tanbeh berish o‘rniga,
uning ichkilikdan qutilishiga
yordam berishi lozim. 45-50
yoshdan so‘ng jinsiy yaqinlikni
bir oy mobaynida qilmaslik
juda xavflidir. Bu o‘rinda, Abu
Ali ibn Sinoning «Ishlagan a’zo
rivojlanadi, ishlamagani
o‘ladi» degan hikmatli
maslahati erkaklar uchun
doimiy shior bo‘lishi kerak.
Agar erkak yoshligida ko‘p
jinsiy yaqinlik qilgan bo‘lsa
ma’lum yoshga yetganida olati
ishlamay qoladi degan gaplar
ham noto‘g‘ridir. Barvaqt
boshlangan jinsiy yaqinlik
tartibli, ayolning ham
imkoniyatlari hisobga olinib
amalga oshirilsa, bu ko‘p vaqt,
hatto keksayganida ham
davom etadi.
Erkaklarda jinsiy ojizlikni
davolashga oid yuqoridagi
maslahatlarga quyidagilarni
qo‘shimcha qilishni zarur deb
topdik. Agar erkak urug‘i tez
to‘kilib ketsa, ayol
lazzatlanishiii kutish
qobiliyatiga ega bo‘lmasa,
«qisish» mashqini bajarishi
lozim: bunda o‘tirganda,
turganda, hatto ayol bilan
jinsiy yaqinlik vaqtida qorinni
ichga tortilib, chuqur nafas
olinadi, anus mushaklar
qisiladi. Bu mashq bir necha
marta kun davomida bir
ma’romda takrorlanib borilsa,
barvaqt urug‘ to‘kilishiga
barham berilishi mumkin.
Jinsiy qobiliyatni oshirish
maqsadida quyidagi ikki tabiiy
retsept tavsiya qilinadi:
Birinchi retsept: 50 mgr yangi
limon suviga 100 mgr spirt
yoki aroq qo‘shilib, ikki kun
xona yorug‘ligida (bunda
quyosh nuri tushmasligi shart)
saqlanadi, uchinchi kupi
muzlatgichning pastki
qavatlaridan biriga
(muzxonaga qo‘yish mumkin
emas) qo‘yiladi, keyin 4-6
qavat dokadan o‘tkazilib, shisha
idishda yaxshilab
aralashtiriladi. Undan jinsiy
yaqinlikdan 20-30 daqiqa oldin
35-40 tomchi ichiladi. Ikkinchi
retsept 20-25 tomchi
sarimsoqpiyoz suvi va 20-25
tomchi limon suvi 10-15
daqiqa ilgari tayyorlanib, jinsiy
yaqinlikdan oldin ichiladi.
3. Badanga quvvat beradigan
ovqatlarni tanovul qilish lozim.
Bularga Abu Ali ibn Sino tavsiya
etgan dorilar, masalan,
boqila, loviya, no‘xat kiradi.
Agar jinsiy zaiflikning sababi
badan kuchsizligi bo‘lsa, ba
danga quvvat beradigan oziq-
ovqatlar, masalan, yangi qo‘y
go‘shtidan sho‘rva, tovada
pishirilgan, qovurilgan va
kabob qilingan go‘shtlar, halim,
chala pishirilgan tuxum,
sholg‘om, sut, sariyog‘, oq non
va bodom, yong‘oq, pista
mag‘izlari iste’mol qilinadi;
bularga dorivorlar qo‘shilib,
piyoz, yalpiz, sariq va qora
beda bilan aralashtirib beriladi.
Shuningdek, hammomga
tushish va quvvat beradigan
yoglar, masalan, gulsapsar
moyi bilan badanni silash ham
jinsiy quvvatni oshiradi. Jinsiy
ojizligi bor kishi ketma-ket va
ko‘p aloqa qilishdan saqlanishi
kerak. Shuningdek, ayoli hayz
ko‘rgan, keksa, kasal, uzoq
vaqt jinsiy yaqinlik qilmagan
paytda jinsiy yaqinlik qilishdan
saqlanishi kerak. Chunki
bularning hammasi urug‘
organlariiing quvvatini kesadi.
Jinsiy yaqinlikda zaif bo‘lgan
kishilar jinsiy yaqinlik
mavzuida hikoya qiluvchi
badiiy va ilmiy asarlar, aloqa
usullari va turlari to‘g‘risidagi
yozilgan kitoblarni o‘qishi kerak.
Ular quvvat yig‘ib
bo‘lgunicha aloqani butunlay
tark etib, nafsini tiyib, shular
ustida fikr qilishi lozim.
Aloqani tark etib, ojiz bo‘lib
qolganlar ham ularga yaqin
turadilar. Bularni ham asta-
sekin yuqorida aytilgan usulda
davolash kerak. Yana bir misol,
Ibn Sino ovqatlar to‘g‘risida
gapirganda, jinsiy yaqinlikda
zaif kishilarning oziq-ovqati
semiz erkak uloq va qo‘y
go‘shtidan, no‘xat va piyozdan
tayyorlanishi kerakligini
aytadi. Bundan tashqari go‘sht
qovurilmasdan ishlatilishi,
chunki qovurish go‘shtning
quvvati va ozuqaviyligiga
to‘sqinlik qilishini ham uqtirib
o‘tadi. Ayollarda bo‘ladigan
jinsiy ojizlik ko‘pincha jinsiy
sovuqqonlik bilan bog‘liq. Ba’zi
hollarda ayolning jinsiy ojizligi
onanizm bilan ham bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Bu haqda
misol keltiramiz. Bir yosh
ayolning hikoya qilishicha, 13
yoshligidan onanizm bilan
shug‘ullanib, orgazmga erishib
yurgan, turmushga chiqqach,
eri garchi qoniqarli jinsiy
yaqinlik qilish qobiliyatiga ega
bo‘lsada, ayol orgazmni his
qilmaydi, ya’ni undan
to‘laqonli lazzat ololmaydi.
Erining qo‘lini klitorni
(bachadon qini) ushlashga olib
borib qo‘ysa eri g‘azablanib:
«Bu yaramas qiliqni qayerdan
o‘rgangansan?», deb ta’ma
qiladi. Oqibat shu darajaga borib
yetadiki, u eri bilan go‘yo
mexanizm, bir buyum singari
aloqada bo‘ladi. Shu tariqa
muhabbat so‘nadi, nihoyat, u
eridan ajralib, boshqa
yoqtirgan kishisiga turmushga
chiqadi. Ikkinchi eri esa ayol
ko‘ngliga yo‘l topadi. Shundan
so‘ng ayol bundan keyingi
baxtli hayotidan xursandligini
to‘lqinlanib so‘zlab beradi. Bu
keltirilgan misoldan ko‘rinib
turibdiki, erkak ayolning nozik
ko‘ngil torlarini chertishga
katta e’tibor bilan qarashi
kerak
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1