Hattoki yosh bolalarimiz ham ushbu serialni tomosha qilishmoqda.Shu o'rinda tabir joiz deb aytaman uni sevib tomosha qiluvchilar ham, serial ustidan kuluvchilar ham ko'plab uchramoqda. Ayrimlar eeee rasa ezma kino ekan, jonga tegdi, yoqmadi manga kabi so'zlarni aytishadiku, ammo baribir o'zlari ham soat 21:10 da TV da Yoshlar teleradiokanalini tamosha qilishadi.
Yoki bo'lmasam, serialda unaqa joylari bor ekan, ma'naviyatga va mentalitetimizga qarshi bo'lgan saxnalar mavjud ekan degan ma'nodagi etirozlar ham uchramoqda, Ho'sh agar o'zlari ham har bir qismini ko'rishmasa bunday saxnalar bor ekanligini ular qayerdan bilishmoqda?
Bugungi kunda Ok.ru , instagram va boshqa ijtimoy tarmoqlarda "Senga Oshiqman" guruhlarini tashkil qilib, unda turli-xil ma'lumotlar kiritib borishmoqda. Hattoki senga oshiqman nomi bilan turli-xil saytlar ham ochib tashlashibdi. Ularda maqsad bitta, odam ko'paytirish, pul to'plash.
E'tibor bergan bo'lsangiz hatto bozorlarimizda daftar jildlarida ham Serial qaxramonlari sur'atlarini tushirib sotishmoqda. Albatta bu qaxramonlarni xozirda yosh bolalarimiz ham ko'rishini hisobga olsak, ular birinchi o'rinda shu daftarni olgilari keladi. Disklari sotilmoqda, Xo'sh Yoshlar teleradiokanali ushbu serialni namoyish etishidan maqsad nima? bunda ham birinchi o'rinda pul masalasi turadi,Undagi reklama namoyishlari uchun ma'lum miqdorda pul olinadi, deb fikr bildiruvchilar ko'p, ammo bu mablag'ning asosiy qismi serialning dublaji uchun sarflanadi. Siz uni shuchaki bepul tamosha qilasiz, ammo unga qalbini berib, ovoz berayotgan aktiyor va aktirisalarimiz bu uchun ma'lum miqdorda to'lov, haq olishsa kerak, to'g'rimi?
Bizga shuncha vaqt va mablag' sarflab tarjima qilib, kino va seriallarni taqdim etib borayotgan teleradiokanaldan shunchalar hafa bo'lishimiz to'g'rimi?
Bugungi kunda ko'plab serial va kinolar namoyish etilmoqda, ho'sh nega ular haqida yozishmaydi, ularda ham turli-xil saxnalar, tabir joiz bo'lsa o'sha siz uyatsiz yoki mintalitetimizga zid bo'lgan saxnalar borku, nega ular xaqida yozmaysiz. Sizdan ko'pchilik, buni yozishni iltimos qilgan ekan, ho'sh o'shalar kimlar? Boshqa seriallar haqida yozmaslikga faqat bitta sabab, uni muxlislari Senga oshiqman kabi ko'p emas.Tanqid qilishga boshqa mavzu yoki film yo'qmi? Misol uchun oddiy o'zimizning filmlarda ham chegaradan chiqilgan saxnalar bor deb bilarsiz unda? Shaxsan man Hind filmlarida uyatsiz joylarni hech ko'rmagandim, Albatta o'zbek filmlarida ham bu kabi saxnalar mavjud emas, Lekin nega hindlarning bu filmiga e'tirozlar bo'lganini tushunaolmadik.
Senga Oshiqman serialiga nazar solaylikayollarining bari milliy libosini (sariy) o'ragan, To'y marosimlari ham hind rasm-rusm va odatlariga ko'ra o'tadi, Bizning filmlarimizchi? kundan-kunga qizlarimiz milliy kiyimlaridan qochib, zamonaviy horij kiyimlariga qiziqish bildirishgani e'tiborimizni tortmaydimi?
O'zimizning filmlardagi qahramonlar shunday kiyim kiyishsa, uni ko'rgan tomoshabindan yana nima kutish mumkin??? Bir muallif uzbek to'ylariga horijdan kirib kelgan yana bir udum,"Love Story"haqida yozibdi, bu fikrga to'liq qo'shilaman, naxotki endi biz o'z madaniyatimizni chetga surib, horij madaniyatlarini o'zlashtirsak, Bular bizning madaniyatlarimiz, qadiryatlarimiz yo'qolib ketishiga sabab bo'lmaydimi???
Hurmatli o'tkir qalab soxiblari, sizlardan iltimos, Ishanidan ko'ra shu kabi dolzarb mavzularni ko'tarib chiqinglar! Bu kabi muammolar ko'p uchragan bir paytda, bir serial haqida muxokama qilish, uni tanqid qilish to'g'ri bo'larmikin...
Bir inson qiziga Ishani deb ism qo'ygan, Ho'sh... Bir O'zbekistonlik ota o'z o'g'liga Messi yoki Zidan deb ism qo'yganda, bu haqida shov-shuvlar tarqalganda nega fudbol federatsiyalariga norozilik bildirmadik, kelajakda bu bolalar ham balkim ismlaridan uyalishar... Bu kabi so'zlar eshitganimizda, ha umri uzoq bo'lsin deb qo'yardik-ku. OVS
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6