Eski hotiralarni eslatuvchi ushbu dardli tarona Ranvirni ham, Ishanining ham ko'zlarini yoshlartiradi. Ishani bunga chiday olmay bir xonaga kirib, eshikni quliflab oladi, so'ng tinmay yeg'laydi. Baxti yonidayu, ammo huddi undan uzoqdadek o'zini his qilgan Ishani ko'z yoshlarini to'xtata olmas edi. Ularni Shekhar kelib olib ketadi, chiqib ketishayotganini RV ko'rib qoladi, ammo Ishani Shekharning ortiga yashirinadi. Ranvir bu qiz kim ekanligiga juda qiziqadi, ammo bila olmaydi.
***
Endi esa eng qiziq joylaridan, hech sevgiga ishonmaydigan, qizlari tez-tez alamshtiradigan Shekhar qalbida sevgi uyg'ona boshlagan edi, u Ishaniga nisbatan nimalarnidir his qilar edi, nega bunday bo'layotganini hatto o'zi ham bilmas edi, ko'ziga doim IShani ko'rinadigan bo'lib qoldi.
***
Ishanini gunohidan o'tib, ozod qilishga buyruq bergan davlat amaldori Vazir janoblari RV ning uyiga keladi, U Ritikaga sovg'a beradi. RV uyda yo'qligini, ish bilan ofisda ekanligini bilgach, Ritika va Amba bilan suxbatlashadi, Suxbat paytida vazir ularga yaqindagina bir begunox o'limga hukum qilingan qizni jazodan ozod qilganini va uning ismi ISHANI PAREK ekanligini aytadi. Ana bo'lmasa, Amba va Ritika buni kutmagan edi, naxotki Ishani tirik!, Ular qo'rqib ketishadi.
(To'g'risi shu o'rinda menda bir savol tug'ildi, Ranvir va Ritika bu inson bilan juda yaxshi tanish ekanlar, nega avvalroq ular unga murojaat qilishmadi, shunda Ishanini oldinroq qamoqdan ozod qilishar ediku, endi bu hind kino ijodkorlari judaaaaa ham voqealarni o'zgacha va aytish joyiz bo'lsa ertak qilib yuborishibdi, Tog'ri bu shunchaki kino, ammo ozgina reallikga ham to'g'ri kelishi kerakda!)
***
Ranvir Ishani ishlayotgan tikuv fabrikasiga raxbar bilan ko'rishgani keladi, albbata u bu yerda raxbar ishani ekanligini bilmasdi. Ishani uni uzoqdan ko'rib qoladi, nima qilishni bilmaydi. Ranvir kirib keladi. Ishani svetni o'chiradi va teskari o'girilib oladi. Ranvir unga gapiradi, ammo Ishani o'girilib qarolmasdi, ko'zlari esa yana yoshga to'la.... Ranvir uni yangi ish boshlagani bilan tabriklab, omad tilaydi va ketadi.
***
Ritika Ishani masalasiga oydinlik kiritish maqsadida qamoqxonaga boradi, u yerda Ishani haqida so'raydi, Qamoqxonada raxbari esa Ishani tirikligini, qatil ijro etilmagani, uni aybi kechirilganini aytadi. Ritika bu haqida RV ga aytish kerak deb, unga aytmoqchi bo'lib turganda Amba kirib uni to'xtatadi va Ritikani xonadan olib chiqib ketadi. Amba Ritikaga Ishani haqida RV ga hech qachon aytmaslikni tayinlaydi.
***
Shekhar Divashni uyiga ya'ni Pareklar oilasi yashab turgan uyga borib, uning oila a'zolari bilan tanishadi, Divash va uning singlisi bir-birlarini yoqtirishar ekan deb oila a'zolari bilan tanishadi.
Shundan so'ng ikki oila ham unashtiruv marosimiga tayorlanishga tushishadi. Ishani barchaga kiyim tanlashga yordamlashadi, Shekharga ham ko'ylak tanlab beradi, kundan-kunga Ishaniga mexri tushib borayotgan, sevgisi esa kuchayayotgan Shekhar bu rangli ko'ylaklar unga yoqmasa ham, uni kiyadi. Sevgisi haqida, u qiz haqida RV dan maslaxat so'raydi, nima qilishni, qanday yo'l tutishni, barchasini Ranvir bilan maslaxatlashadi, hattoki sevib qolganini ham birinchi bo'lib RV ga aytadi, Ranvir esa unga maslaxatlar berardi, ammo Shekhar sevib qolgan qiz, Ishani ekanligini u xali bilmas edi.
Sizlarga bu haftada bo'lib o'tadigan voqealar haqida aytmoqchi bo'lganlarim shulardan iborat edi, ushbu voqealar 8.09.2015 - 12.09.2015 kunlarida oralig'ida sodir bo'lishi kutilmoqda, ammo Yoshlar teleradiokanali ayrim saxnalarni uzishi yoki so'zlariga o'zgartirish kiritishi ham mumkin.
***
Eng qiziq saxnalar endi kelgusi hafatada bo'lishi kutilmoqda, Pareklar oilasi ham, Ranvir ham Ishanini tikligini bilishadi, Eng birinchi bu haqida Hansaben Parek biladi.
Divash hamda Shekharning singilisini unashtirib qo'yishadi.
Barchamiz uchun sevimli Falguni ona baxtsiz xodisa sabab, vafot etadi.
Voqealar shiddatli tus olishi kutilmoqda, bular haqida hudo hohlasa keyingi maqolalarimda bayon etaman . OVS
ok.ru/group/52527212265607 mobile.facebook.com/groups/110257699308507?refid=27
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4