etganlarida, tobutlariga shu
gilamni solishgandi" ...
Juma namozi edi. Farz namoziga
turishdan oldin bir otaxonning
öng tarafida bo'sh joy qoldi.
Otaxon orqada turgan 13-14
yoshli o'spiringa qarab:
-O'ğlim, safni to'ldir. Mana bu
yerga kel -dedi.
Yigitcha tortinish bilan:
- Amaki, men shu yerda namoz
o'qisam -dedi tutilib.U yerga
boshqa birortasi o'tirar... Qariya
o'spirinning oyoqlari tagiga
to'shalgan uzun patli gilamni
ko'rsatib:
-U yerni yumshaqroq deya
kelmayapsan shekilli -dedi.Keyin
bir oz kinoya bilan qo'shib
qo'ydi:
-E onasining butaloği... Namoz
o'qib bo'lgandan keyin
namozxonlar bir-birlariga salom
bera boshladilar. Yigitcha
otaxonning qo'llaridan tutib
muborak juma bilan qutladi.
Qariya ham aytgan gapidan
pushaymon bo'lib kechirim
so'radi. Yigitchaning nurli
yuzlarini silar ekan:
-O'ğlim, onasining butaloği
deganim uchun meni kechir. Jahil
chiqsa aql ketadi, deganlari shu-
da -dedi. Yigitchaning ko'zlari bu
so'zlardan yoshga to'ldi. Boshini
egib javob berdi.
-Siz to'ğri aytdingiz otaxon. O'sha
gilamning ustida namoz o'qishni
istaganimning boisi, onam vafot
qilganlarida tobutlariga shu
gilamni solishgandi. U yerda
namoz o'qib sajdaga bosh
qo'yganimda, go'yo
onajonimning quchoqlariga
kirganday bo'laman -deb javob
berdi
Yangi ochilgan telegram kanalimizga obuna bo'ling👇👇👇 T.me/media_ibrat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев