Masalliqlar:
200 gramm un
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq sariyog'
5 osh qoshiq sut
bir chimdin tuz
100 gramm sutli yoki qora shokolad
ta'bga qarab har xil yong'oqlar
Tayyorlash.
Qadam 1 Tugllandi.
Tog'orachaga un, shakar va tuzni solib aralashtiramiz.
Qadam 2 Tugllandi.
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib, qo'lda ishqalab tashlaymiz.
Qadam 3 Tugllandi.
Sut quyib, yumshoqina xamir qorib olamiz.
Qadam 4 Tugllandi.
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 5 Tugllandi.
Tingan xamirni sovutgichdan olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida 5-6 mm qalinlikda yoyamiz.
Qadam 6 Tugllandi.
Xamir chetlarini tekis qilib kesamiz, shunda to'rtburchak shakl hosil bo'ladi.
Qadam 7 Tugllandi.
Xamirdan bir xil hajmdagi uzun tayoqchalar kesib chiqamiz va pergament qog'oz ustidan teramiz.
Qadam 8 Tugllandi.
170 C darajada qizigan pechda 13-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan tayoqchalarni sovishi uchun chetga olib qo'yamiz.
Qadam 9 Tugllandi.
Shokoladni eritib olamiz va xohishga qarab, maydalangan yong'oq solib, aralashtiramiz. Uzunchoq idishga quyamiz.
Qadam 10 Tugllandi.
Tayoqchalarni ehtiyotorlik bilan shokoladga botirib olamiz va har xil bezaklar sepamiz.
Qadam 11 Tugllandi.
Ularni pech panjarasiga terib, qotishi uchun 5-10 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев