Masalliqlar:
✅3 ta tuxum oqi
✅150 gramm shakar upasi
✅50 gramm shakar
Tayyorlanishi.
Tuxum oqi sarig'idan ehtiyotkorlik bilan ajratiladi. Eslatib o'tamiz, tuxum sarig'i bir tomchi ham aralashib ketishi mumkin emas. Shuningdek to'g'ri idish tanlash ham juda muhimdir. Bunda siz shisha yoki metall idishlardan foydalanishingiz lozim. Agarda siz plastik tog'orachalardan foydalanishni istasangiz, unda avval uni limon bo'lagi bilan ishqalab, yog'liligidan xalos qilishingiz lozim. Tuxum oqi qo'lda yoki mikser yordamida o'rta darajada oq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtiriladi. So'ng ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan shakar upasi solinadi. Shakarni ham oz-ozdan sepib, ko'pirtirishda davom etamiz. Qattiq ko'pik hosil bo'lguncha yuqori bosimda ko'pirtiriladi. Ko'pirtirilayotgan idishimiz to'ntarilib ko'riladi, ko'pirtma joyidan siljimasligi kerak. Shakar oxirigacha erigandan so'ng esa, xohishga ko'ra ichiga yong'oq, kakao kukuni yoki har xil oziq-ovqat bo'yoqlari solsa ham bo'ladi. Gaz pechi patnisiga maxsus pergament qog'oz to'shaladi va ustidan konditer qopchasi yoki qoshiq yordamida bezelar terib chiqiladi. Bezelar qizdirilgan gaz pechida 100 C haroratda katta-kichikligiga qarab taxminan 1-2 soat davomida pishiriladi.
Ular tashqi tomindan ham, ichki tomonidan ham yaxshilab qurigan bo'lishi shart.
Mana bezelarimiz ham tayyor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев