Masalliqlar:
300 gramm un
120 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum
3 osh qoshiq sut
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq dolchin
10 dona qulupnayustiga sepish uchun shakar upasi
birga tortish uchun ko'pirtirilgan qaymoq
Tayyorlanishi
👉 @PazandachilikUz 🍧
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng xona haroratidagi sut va tuxumlarni solib, ko'pirtirishda davom etamiz. Unga tuz, dolchin, vanil shakari va qabartmani solamiz, elab, tuxumli aralashma ustidan solamiz va oshxona lopatkasi yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz. Qolipga yog' surtamiz va xamirni quyamiz. Pirog ustini tekislab, ikkiga bo'linga qulupnaylarni kesilgan tomonini pastga qaratib terib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini esa gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz. Pirog iliqligida shakar upasi sepib, ko'pirtirilgan qaymoq bilan birga dasturxonga tortamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев