Tinglang meni vijdoniyu ori borlar.
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan...?
Osmonga tosh otsa qaytib tushar boshga.
Parvonalar bölib necha qalamqoshga.
Kundan kunga aylanib siz bag'ritoshga
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan...?
Uyingizda guldan gözal qalliq kutar.
Mexir bering sizga qirqta jonin tutar.
Oh cheksangiz u sizni deb og'u yutar.
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan...?
Bu gaplarim sizlarga ham opa singlim.
Xatoyingiz eshitsam gar titrar dilim.
Bitta bog'ni obod qilib yashang gulim.
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan..?
Yaratganning izmi bilan bölib ayol.
Sadoqatning osmonida misli hilol.
Umringizni xoy-xavas deb etmang zavol.
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan..?
Yolg'onlarga qorishtirmang chiningizni.
Rökach qilmang ötmay qolgan kuningizni.
Xech bölmasa xurmat qiling diningizni.
Qörqmaysizmi muhabbatning uvolidan...?
Parishondur bugun ishqning xayollari.
Zor intizor nigox töla savollari.
Tutmasaydi bir kun kelib hammamizni.
QON YIG'LAGAN MUHABBATNING UVOLLARI.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев