Soat 6:00. Robiyani telefoniga
navbatdagi SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni
bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya
ham o’z navbatida Sobirga bir xil
javob yozadi. Faqat uniki aynan bir
vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli
tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”... Ha. Bu ularni har kungi salomlashish
SMS lari desa bo’ladi. Sobir va Robiya
bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular
avtobusda to’sattan bir voqea sabab
tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga
ikki mast yigit gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi
odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki
ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam
edi. Yo’q, konduktor e’tiroz
bildirgandi, bir narsalar dib so’kishdi,
keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda o’tirgandi. Bu
gaplardan keyin o’rnidan turib, ularni
oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin
pastga tushishdi. Avtobus yo’lida
davom etdi. Sobir ular bilan alohida
gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya tikuvchilik
fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har
kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga
qaytadi. Sobir ham usha atrofda
institutda o’qiydi. Uni ham darslari
tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni
Sobir avtobusni orqa o’rindig’ida
o’tirib kevotganda yoniga bir qiz keldi.
Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida
joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga qarab
turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga o’zini g’alati his
qildi. Keyin qizga:
- Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz.
Marhamat (shunday deb o’rnidan
turdi)
- Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim. - Joy berganimgami?
- Yo’q. Mani tanimadizmi?
- ... (Sobir o’ylanib qoldi)
- Kecha mani bezorilardan himoya
qilgandiz. Begona bo’lsez ham.
- Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi
begona ekansiz. Man barchani o’z
yaqinimde ko’raman. Sizga yordam
berganimdan hursandman.
- Kecha sizga rahmat etolmaganimga
rosa uyalib yurdim. - O’zi rahmat etishizga imkon
bo’lmadiku. Tushib ketdik.
- Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni
ko’rib rosa hursand bo’ldim. Yonizga
kelib, nima dib gap boshlashni ham
bilmadim. Yana bir bor rahmat... Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi
suhbat. Shu holatdan keyin avtobusda
bir birlarini har kun ko’radigan bo’lib
qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon
raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir
qancha vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga kirdi)
- Allo. Robiya. Salom.
- Assalomu Alekum.
- Sizga bir gap etmoqchidim.
- Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam maylimi? - Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib
qoldi. Nega sansiramoqchi dib)
- Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi?
Sababi, man o’zimga yaqin
olganlarimni barchasini sansirab
gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim,
kollejdagi kursdoshlarim erishgan.
Institutdagilar ham erisha olmadi.
Ularni sizlab chaqiraman. Usha
oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi.
Man endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab
ham chaqiraveraman.
- Yo’q, man sansirab chaqirishizni
hohlayman (Robiya o’zi bilmagan
holda shu gaplarni etvordi)
- Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman.
- Hop Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat
6:00 da SMS yozadigan bo’ldi. Bir
hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab
qolishi, yana boshqa sabablar... lekin
ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar,
yengi telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi:
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha
vaqtda SMS yozdim))”.
3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uyg’ongandi. Lekin ular
buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida
sevgidan boshqa nima bo’lishi
mumkin? SMSda sog’inch haqida
yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini
sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir
unga SMS yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa
so’rayman, rostini et. Man sanga
shuncha SMS yozaman.
Sog’inmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan ham zarracha
sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.”
Robiya javob yozdi:
“Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin
gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz bo’lsa ham jilovlash
uchun, tushlarimda ham sizni
ko’rishga harakat qilaman.Zarracha
deganim, har narsa zarrachalardan
tashkil topgan. Zararachalar
bo’lmaganda ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani sog’inasizmi?
Doimo o’ziz so’riysiz, lekin hich sani
sog’indim dimiysiz”.
Sobir javob yozdi:
“Sanchalik sog’ina olmasakanman.
Sani sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni
hich kim hali his qilmagan ekan.
Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib
uyg’onib ketganimda, ko’rishim
uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi
tomonga qarasam ham, sani
ko’raman. Faqat sani”. Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz.
Bunday sog’ichlilar bir birini sevmidi
dib etib bo’ladimi? Baribir ichidagisini
etishi kerak. Sobir birinchilardan
chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif
qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi.
Sevgi izhorni ham orginal qilmadi.
Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib
qo’ya qoldi. Robiya tushunmay ham
qoldi. Sobir: “Man sani sevaman,
manga turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha bunga
ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish. Robiya
bir og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni
olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir
ham shunday o’yladi. Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U
yerda bir qari kampir turgandi. Qo’lida
og’ir sumka. Bozordan kevotganga
o’xshiydi. U Sobirdan uni uyigacha
olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q
diya olmadi. Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi.
Robiya ham ular bilan birga ketdi.
Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi.
Rostan ham uzoq emas ekan. 5
daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir
pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza dib, bahona qilib
ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi.
Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun
ham Robiyani telfoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya ham usha javobni jo’natdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli
tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))” Sobirdan yana keldi:
“Yaqin kunlar uyinga onam bilan
ammamni yuboraman”.
Bu gapga Robiyadan javob kelmadi.
Nima dib ham yozardi.
Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin
Robiya “keyinroq o’zim telefon
qilaman. Hozir ishlarimni qivoliy” didi.
Manimcha yana sovchilar haqida gap
ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan
keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi.
- Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz.
- Voalekum Assalom. Ha zo’r.
Ishlarinigni qilib bo’ldingmi?
- Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana
bor. - Man hozir daraxtga chiqvotudim.
- Nega?
- Ko’chada bolalarni varragi daraxtga
ilinib qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan.
Ushanga iltimos qilishgandi, “Amaki
olib bering, o’zi bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi,
mayli dib obermoqchiman. Hozir
daraxtni yarimiga chiqib qoldim.
Anaqisa haliroq o’zim SMS yozaman.
SMSimni kutgin, albatta yozaman. Yoki
o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib bo’lib. Maylimi?
- Hop bo’ladide. Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man
10 marta daraxtga chiqib tushardim
dib o’yladi Robiya. Nega SMS
yozmayaptilar. O’zim qilaman.
Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta
telefon qildi. Yana javob yo’q. 1 soatlardan keyin yana telefon qildi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Voalekum Assalom. Kim bu?
- ... (begona ovoz edi. Robiya nima
diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich
telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab
qo’ydi. Adashmagan.)
- Kechirasiz. Man Sobirga telefon
qilgandim. Ularni chaqirib bera
olmaysizmi?
- Siz Robiyamisiz? - Ha.
- Manga Sobir siz haqingizda etgandi.
Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar edi.
- ...
- Sobir endi oramizda yo’q.
- Nega.....(ovozi titrab chiqdi). - Telefonni hozircha manda. Baxtsiz
xodisa. Boya negadir daraxtga
chiqgan ekan... usha yerdan...
yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan
ayrilib qoldik. Man haligacha o’zimga
kelolmayapman. - ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar
kirmasdi)
- Uzr. Boshqa gapira olmayman. U
sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini
endi kim tutishini ham bilmiman.
Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi) Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib
ketdi. Ming hayollar. Faqat bir gapni
qaytaradi: “Yo’q. Ishonmayman.
Bo’lishi mumkin emas. Ular
o’lmaganlar. Ular tiriklar. O’rtoqlari
hazil qilishvotti. Kimdan bilishim mumkin? Yo’q. Uylariga boraman.
Hoziroq boraman”. dib, yo’lga chiqib
ketdi.
Sobirni mahallasiga kirib bormoqda.
Telefonga qarab qarab qo’yadi. Hozir
Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi
betlamiydi. “Qaysi uy ediya. Nechinchi
edi. Uylarini eslolmayapman” dib
o’ylab tez tez ketib borardi. “Shom
bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar
rostan ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani
nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu ko’cha.
Shu ko’cha bo’lishi kerak.
Telefonlarida shu yerda tushgan
rasmlari bor edi. Shu ko’chadan
yuraman. Mashinalar, odamlar ko’p. Nahotki rost bo’lsa.
Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib
yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan
ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol
so’rashdi.
- Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi?
- A? (Robiya, ularga savol nazari bilan
qarab turardi. Nima diyishini ham
bilmasdi.)
- Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni
eshitdik. - Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi
odamlar to’planib turgan eshikda)
- Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda
qanaqa ishiz bor edi?
- Manga bir narsani etib berolmisizmi....
(u baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi edi)
- Nimani qizim?
- Bu yerda kim vafot etdi?
- Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan
bir otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun
olamdan o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni
irodasi. Olamdan o’tdilar.
- Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga
tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab
hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi
o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi. Robiya ichidan buni yolg’on ekanini
hursand bo’lsada, tashqi tarafdan uni
aldashgani nafrati yuzini burishtirib
turardi. “shunaqa narsa bilan ham
hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib
qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni
ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni hich
qachon kechirmiman. Yana maraka
borligini bilib etishgan. Mani
sinamoqchi bo’lishdimi? Ko’rsataman
ularga hali. Mayli, muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir
sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga
oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib,
telefonini oldi. Sobirga telefon
qilmoqchi bo’ldi. O’lmaganini biladi
endi. Sobirni yod bo’lib ketgan raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi.
Yonidan yana ayollar o’tib
ketishvotgandi. Ularni gaplari
qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi qo’shni,
Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun
olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat
qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega
daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi
ilingan ekan. Ushani olib beraman
dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha
sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga
ham kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. –
Voy, yoshgina ediya. Manga ham
qancha yordam berardi. Hich qahcon
yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa
ham salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. –
Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman
digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U
yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni
qaranglar, bitta mahalladan ikki
ko’chada bir kunda maraka bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib
ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha
joyida qotdi. Unda telefonda
hazillashishmagandi. Orqaga qaytib,
boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi. Bu
ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan. To’g’ridagi eshik yonida ham odamlar
to’planib turishibdi... Robiya yo’l
chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib
yig’lab yubordi. Buni kutmagandi.
Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga o’tirib
qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni olib o’tib
ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki,
qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki
oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni
qo’lma qo’l qilib ketishvoti. Robiya asta
tobutga qarab qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir
uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga
kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha
Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi.
Robiya uyida yig’lashga ham holi
qolmagandi. O’ksib, o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni
bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan
yigit unga nima bo’lganini etib berdi.
Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini sirdoshi
edi. Nima yordam qilishni ham
bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib
ketdi. Robiya uhlab qoldi...
Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS
keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib,
telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib
qo’ydi. Va har doimgi javobini yozdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”
Yuborgandan keyin, telefoniga qarab
kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda
o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich
narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi
bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon
qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga.
Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib
keldiku. Telefonni oldi.
- Allo. Assalomu Alekum. - Allo. Voalekum Assalom. Siz
Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz
yozdingizmi? (kechagi yigitni ovozi)
- Ha. Manga SMS keldi. Har kuni
yozadigan SMSlari. Javob yozdim.
- Kechirasiz. Telefon hali ham manda turibdi. Sizga hich kim SMS yozmadi.
Sizdan SMS kelganiga, o’qib hayron
bo’lib, telefon qildim.
- Mana manga SMS keldiku. Keyin
yozdim. Yozganimdan keyin esimga
tushib, hayron bo’lib turgandim. Siz telefon qilib qoldingiz... (Sobir vafot
etganiga so’ngi bor ishonib, dodlab
yig’lab yubordi.)
- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq
bo’ling. Yig’idan foyda yo’q. Robiya yig’idan to’xtamasdi. Onasi
kelib, qizini ovutgan bo’ldi. Robiya
yana yig’lab, yig’lab charchadi. Uhlab
qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan
Sobirnikiga fotixa o’qigani ketdi...
Kelgandan keyin onasi qizini boshiga kelib, “sen albatta baxtli bo’lasan,
taqdiringga u yozilmagan ekan.
Boshqasi sani baxtli qiladi” dib,
peshonasidan o’pib qo’ydi.
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob
yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi. Lekin bu unga g’ayri
tabiiydek tuyulardi. Tushga yaqin
Sobirni raqamiga telefon qilishni
dugonasidan so’radi. Birozdan keyin
dugonasi Robiyaga qaytib qo’ng’iroq
qoldi. Telefonni boshqa yigit olganini etdi. U SMS yozmagan ekan dib qo’shib
ham qo’ydi.
SMS kelaverdi. Kelishdan to’xtamadi.
Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da
SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya
Sobir bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. “SMS yozaman. SMSimni kutgin”
digandi. “Lekin qanaqa qilib, buni
imkoni yo’qku. Qanaqa qilib. Ularni
telefon raqamlaridan SMS kelsade,
lekin hich kim yozmagan bo’lsa. Man
javob yozsam borsa. Mani rosa javob yozgim keladi. Sog’indim dib. Rosa
sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari
yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi, sizni
eslayverganimdan. So’gindim dib
yozgilarim keladi. Lekin kimga
yozaman. Man yozganimni ular o’qimasalar. Kimga yozaman????”
shunaqa lar dib yig’lardi.
Yana tong. SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq qildi.
Boshqa chiday olmadi. Telefonni
so’ramoqchidi. Bunday azobga
chidolmasdi. Telefonni bir boshqa yigit
oldi. - Allo.
- Assalomu Alekum.
- Voalekim Assalom. Eshitaman sizni.
- Manga haligacha SMSlar kevotti. Soat
6:00da. Avvalgidek.
- (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni akasiman. Uni telefonini man olib
yuribman. Avval etganizdan keyin,
kompaniyaga bordim. Ular arxivni
ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin telefon
ustaga olib bordim. Ular bunga SMS
yuboruvchi programma o’rnatilganini etishdi. Unga SMS yozib, hohlagan
paytga yuborishga qo’ysa bo’larkan.
Sobir sizga SMS jo’natishni har kungiga
qo’ygan ekan. Programmani o’chirish
uchun parol terish kerak ekan.
Afsuski bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa narsalar ham o’chib ketar
ekan. Ukamni telefonida uni eslatuvchi
ko’p narsalar bor. Shunga o’chirtira
olmadim. Sizga etmoqchi edik. Lekin
qanday etishni bilmadim. Nima dib
o’ylashizni bilmadim. O’zizni telefon qilishizni kutdim. Sizdan bir iltimosim
bor edi. Iloji bo’lsa biznikiga keling.
Onam sizni ko’rmoqchi edilar. Ukamni
xonasi shunday turibdi. U yerga oldin
kirmasdilar. U o’lgandan keyin, uni
eslab xonasiga kirib, sizni rasmlarizni ko’rdilar... ushanga siz bilan
ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang.
Hohlasangiz, uyizdan borib olib
ketishadi.
- ... (uzoq o’ylanib. Sobirni hurmati
uchun ham rozi bo’lishga qaror qildi). Hop. Faqat oyim ham man bilan
boradilar.
- Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani
boraman. Manzilizni etvoring. Robiya manzilini etdi. Keyin onasiga
etdi. Onasi boshini egib, mayli
ishorasini qildi.
Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi.
Uyda Sobirni onasi Xadichaxon opa
ularni yig’lab kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim yeta olmagan kelinim kelibdi”
digan so’zlari ham bor edi. Ular
Robiyani quchoqlab, rosa yig’ladilar...
Sobirni akasi o’zini bolasini quchoqlab,
homush o’tirardi...
Robiya onasi bilan qaytib olib ketvotganda, akasi gap boshlab qoldi:
“Man ukamni yahshi bilmas ekanman.
Siz haqingizda ko’p gapirardi. Sovchi
ham yubormoqchi edi. Afsuski...
Telefonini man olib yuribman.
Ishlatishgamas. Shunchaki uni tanishlari, kimdir telefon qilsa man
gaplashaman. Ko’plar uni olamdan
o’tganini bilishmidi. Tushuntiraman.
Ko’plarni kayfiyati juda tushib ketadi.
Manga ham qiyin. Har telefonda uni
eslab, uni tanishlariga javob berish. Uni o’lganini eshitgan tanishlari, u ko’p
yahshilik qilganini etib berishadi. Shu
mani ukammidi dib o’zimdan so’rab
qolaman. Hich qaysinisini man
bilmasdim. Tarixga yozilgulik ishlar
qilgan ekan. Undan qovotganini bizani eslashimizamas. Uni qigan yahshiliklari
ekan. Ushanga faqat yahshilik qilish
kerak ekan. Uni birorta odam
yomonlamadi. Faqat afsus diyishadi.
Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi.
Havas qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas qilish. Undan o’rnak olish...
Sizga yana bir gap. Sizga Sobirni
unuting dimayman. Lekin endi o’zizni
hayotingizni qurishiz kerak. Xotiralar
bilan yashab bo’lmaydi. Uni unutsez
biza hafa bo’lmimiza. U endi yo’q. Hich narsani o’zgartirolmimiz. Yana sizga
boradigan SMSlar. Hohlasangiz uni
o’chirtirishim mumkin. Kerak
narsalarini ko’chirtirib oldim. Shuni
o’zizdan so’ramoqchidim?” dib etib
qoldi. Robiya, indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi...
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya smsni yoddan bilsa ham,
baribir o’qidi. Keyin: “Aldoqchi,
uyqichi. Har doim manga o’ziz
yubormas ekansiz. Man aniq bir
vaqtda eslab yuboradilar dib o’ylardim. Sizga ishonardim.
Yolg’onchi. Sizdan nafratlanamaaaan,
mani tashab ketdiz” deb telefonini
devorga otib sindirdi. SIM kartasini
olib, uni ham sindirib tashladi. U endi
Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa telefon ishlatmoqchi ham emasdi...
Bir necha yillar o’tib, taxminan 4 yillar.
SIM karta ishlatilmagi uchun shu
raqam qayta sotuvga chiqdi. Ancha
oldin sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam
bo’lmagani uchunmi, yoki nimadir sabab bu raqam sotilmadi.
Kompaniyadan bir kishi bu raqamni
sotib oldi. Uyga kech keldi.
Sumkasidan yangi telefon olib, uni
joyladi. Va uhlab yotgan xotinini
yoniga qo’yib qo’yib, xotinini yuzidan o’pib qo’ydi.
Erta tong. Soat 6:00. Yangi telefonga
SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Ayol cho’chib uyg’onib ketdi. Yonida
telefon turibdi. Telofon bantik bilan
o’ralib, qog’oz yopishtirilgandi. Unga
“Robiya tug’ilgan kuning bilan
tabriklayman. Endi sanda ham telefon bor. Oddiy raqam oldim. Turmush
o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi. SMS
ni qayta o’qidi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”...
Robiya pichirlab: “Sog’indim, lekin
oldingilaridam ham ko’proq”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев