Erta tong. Ög'il uydan
chiqarkan ona duo qildi:
"Ilohim taning sog',
martabang ulug', boshing
toshdan
bölsin!" Shundog'am ishga
kechikayotgan
ög'ilning biroz ensasi qotgan
bölsada, yuzaki xayr-
ma'zur qilib tashqariga chiqdi.
Mashinasiga ötirib ishga ketdi.
Har kuni shu holat
qaytariladi. Ög'il bir firma
direktori. Yosh bölsada,
topish-
tutishi yaxshi. "Sog'ligimdan
ham
nolimasam, -öylardi yigit,-
onam befoyda xavotir
qiladilar". Ishdan keyin
ulfatchilik, maishat, qizlar...
Besh yoshda otasiz qolganida
boshqa turmush
qilmay, faqat uning uchun
yashagan onasi esa
yarim tungacha bedor, ög'lini
kutib
ötirardi. Allamahalda uyiga
kirib kelgan ög'il
onasinining bedorligini körib
asabiylashardi:
"Uxlayversangiz bölmaydimi?
Mana, menda kalit bor. Özim
kira olaman uyga!" Ona
hech narsa
demaydi. "Onaning könglini
tushunmaysanda",-
hayolidan ötkazardi u. Ög'il
onasini yaxshi
körardi. Onasi uchun hamma
sharoitni yaratib
bergan, tez-tez dam olish
maqsadida sanatoriyalarga
yuborib turardi. Shunda ham
uylanishga köp ham
shoshilmas, unga mana
shunaqa hayot ma'qulroq edi.
Ög'il onasi abadiy
emas, bu dunyoda oddiy
mehmon ekanligini unutib
qöygandi... Bir kuni
tongda ona odatdagidek
ög'lini duo qildi: "Ilohim
taning sog', martabang ulug',
boshing toshdan
bölsin, bolam" "28 yildan beri
shu gap",- hayolidan
ötkazdi ög'il. "Xöp",-
istamaygina jilmayib chiqib
ketdi. Har kungi tashvishlar,
kechqurun rostoranga
joy buyurtirilgan. Xullas, yarim
kechasi mast holda
uyga kelgan ög'il onasining
xonasidagi chiroq odatdagidek
yoniq
ekanligini kördi. Faqat endi
uni hech kim kutib
olmadi. Qon bosimi kötarilgan
ona ög'ilni kutib-
kutib jon bergandi... Onasini
dafn qilgachgina ög'il
bu dunyoda eng
katta boyligini yöqotganini
tushundi. Biroq endi kech
bölgandi. Vijdon azobida
qiynalib ichkilikka
mukkasidan ketdi. Shu asnoda
jigar xastaligiga
yöliqdi. Kamiga shu bir oy
ichida uning bu
holatidan foydalanib yaqin
odamlaridan biri tufayli
firmasi kasodga uchradi. Unga
döstman deb yurganlar
ortidan pichoq sanchganida
ög'il aslida
bu dunyoda nimaga erishgan
bölsa bariga
onasining duosi bilan
erishganligini tushunib yetdi.
Ichib mashinasida
katta yöl
böylab ketayotgan ög'il
chorrahaga yaqinlashar ekan,
tormoz ishlamayotganligini
sezdi. U qörqmasdi. Onasining
kulib turgan
chehrasini köz oldiga
keltirarkan, közidan bir
tomchi
yosh yuziga yumalab tushdi.
"Kechiring",- pichirlardi yigit.
U chorraha qarshisida katta
tezlikda ketayotgan mashina
rulini qöyib yubordi
va közlarini yumganicha, ovoz
chiqarib onasi har
kuni aytadigan sözlarni
qaytardi: "Ilohim taning
sog', martabang ulug',
BOSHING
TOSHDAN BÖLSIN!"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев