Предыдущая публикация
G'amzasi shirindur, shirin hayoli,
Borliqning ma'nisi ayondur bundan,
Dunyoda tengi yo'q O'ZBEK AYOLI!!!
Chehrasi nuridan qalblar to'lg'onur,
Aqlni lol etar qaddi niholi,
Sabr-u matonati asl ziynati,
Dunyoda tengi yo'q O'ZBEK AYOLI!!!
Chechaklar tebranib hush xol bo'lsalar,
Shamollar qayirsa yo'qdur uvoli,
Turmush bo'roniga bo'yin egmagan,
Dunyoda tengi yo'q O'ZBEK AYOLI!!!
Or nomus iffati qo'rg'oni uning,
Vafo ila abad bo'lsin iqboli,
Har qanday ta'rifim kamlik qiladur,
Dunyoda tengi yo'q O'ZBEK AYOLI!!!
BARCHA OPA-SINGILLARIMIZNI, MUNIS ONAJONLARIMIZNI "8- MART - XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMI" BILAN CHIN QALBIMDAN TABRIKLAYMAN.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев