navbatdagi jahon chempionati uchun
o'tkazilgan qur'a tashlash marosimi
yakuniga yetdi. Uch soat davomida
butun futbol olamini hayajonda ushlab
turgan qur'a tashlash marosimi
yakunlari ana o'sha hayajonga juda
ham mos tarzda bo'ldi.
Dastlab qur'a to'rtinchi savatchadagi
sharchalardan birini ikkinchi
savatchaga o'tkazishdan boshlandi.
Tabiiyki, bu sharcha ichidagi
qog'ozchada qaysi terma jamoa nomi
yozilgani hech kimga ma'lum emas
edi. Shundan so'ng navbat qur'aning
asosiy shartiga keldi. Terma jamoalar
guruhlarga bo'lina boshladilar.
Qur'a natijalari qanday bo'lganiga
to'liq to'xtalib o'tirmaymiz. Quyida
o'zingiz ko'rib olishingiz mumkin.
Bizni e'tiborimizni tortgani
qit'adoshlarimizning holati bo'ldi.
Ispaniya, Gollandiya va Chili bilan bir
guruhga tushgan Avstraliya bunday
qur'adan so'ng nima qilarini bilmay
qolgan bo'lsa ham ne ajab. Eron ham
shunga yaqinroq holatda. Argentina
va Nigeriya bor joyda, Eron nima
qilarkin, hayronmiz. "D" guruhi
alohida mavzu. Haqiqiy "o'lim" guruhi.
Aksincha, Yaponiya va Janubiy
Koreyaning holati ancha umidbaxsh
ko'rinmoqda. Har holda ularning
guruhidagi Kot-D'Ivuar, Kolumbiya,
Gretsiya, Belgiya, Jazoir va Rossiya
kabi jamoalar bilan o'ynasa bo'ladi.
Ammo bunisini endi, nasib qilsa,
yozda, Braziliya maydonlarida
ko'ramiz...
Guruhlar taqsimoti:
"A" guruhi: Braziliya, Xorvatiya,
Meksika, Kamerun.
"B" guruhi: Ispaniya, Gollandiya, Chili,
Avstraliya.
"C" guruhi: Kolumbiya, Gresiya, Kot-
d'Ivuar, Yaponiya.
"D" guruhi: Urugvay, Kosta Rika,
Angliya, Italiya.
"E" guruhi: Shveysariya, Ekvador,
Fransiya, Gonduras.
"F" guruhi: Argentina, Bosniya va
Gersegovina, Eron, Nigeriya.
"G" guruhi: Germaniya, Portugaliya,
Gana, AQSh.
"H" guruhi: Belgiya, Jazoir, Rossiya,
Janubiy Koreya.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев