kunlari tugab, bahorning iliq
havosidan sovuqdan junjikkan
vujudlarimiz yayrab, ko‘ngillarda
yangi-yangi umidlar, orzular
tug‘ilgandi. Go‘yo yerga nurlarini
bir qadar bisyorroq socha
boshlagan quyosh qalbimizda
mudrab yotgan tuyg‘ularni
uyg‘otib yuborgandek edi.
Shubhasiz, tabiat ham bu
o‘zgarishlardan chetda
qolmagandi. Hamma yoq ko‘m-
ko‘k. O‘rik daraxtlari qiyg‘os
gullagan. Xullas, bahoriykayfiyat
har bir narsada, har bir jonzotda
aks etib turardi. Sinfdosh bolalar
bilan kelishib, qizlarga ziyofat
qilib bermoqchi bo‘ldik. Bundan
men juda xursand edim. Chunki...
Chunki bu ziyofatda uni
ko‘rishimni bilardim. Aynan shu
kechada men unga dilimdagi bor
gapni aytishim kerak. "Shuncha
payt sir saqlaganim ham yetar.
Sevishimni bilib olsin!” deb
o‘yladim...Farida bilan men bir
sinfda o‘qib, bir partada
o‘tirganmiz. Men shu qizni
sevardim. Avvaliga, ya’ni
boshlang‘ich sinflarda, aniqrog‘i,
yettinchi sinfga qadarunga
shunchaki oddiy sinfdosh
sifatida qarardim. Lekin
keyinroq... Faridani ko‘rmasam,
sog‘inadigan, uzoq-uzoq
o‘ylaydigan bo‘lib qoldim.
Yonimda bo‘lganida esa termulib
o‘tiraverardim. Uning chehrasi
menga endi boshqacha, juda
ham boshqacha tuyila
boshlagandi. Ilgarigi qo‘pol
hazillarimni yig‘ishtirib qo‘ydim.
Faridaga zarracha ozor yetishini
xohlamasdim. O‘sha paytlarda bu
tuyg‘uning sevgi ekanini tasavvur
ham qilmagandim, qilolmasdim
ham. Chunki men unda endigina
o‘n uch yoshda edim. Lekin his-
tuyg‘ularim yildan-yilga
chuqurlashib boraverdi va men
Faridani juda-juda qattiq
sevishimni tushundim.Unga
ishqimni izhor qilishga
chog‘lana-chog‘lana maktabni
bitirish vaqti kelib qolganini ham
sezmay qolibman. "Oqshom”da
dilimdagini to‘kib-solishga qaror
qilib, bir necha bor og‘iz
juftladim. Ammo... Qaniydi, bu
soqov til aylana qolsa!.. Maktabni
bitirib shahodatnoma oldim
hamki, Faridaga sevishimni
aytolmadim.Ko‘pgina
sinfdoshlarimiz oliy o‘quv
yurtlarining talabasi bo‘lishdi.
Jumladan, men va Farida ham.
Turgan gapki, uni endi har kuni
emas, haftada bir yoki ikki marta
ko‘radigan bo‘ldim. Ammo
hamon sevgimdan so‘z
ocholmayman. Vaholanki,
maktabni bitirganiimzga ham
ikki yildan oshdi...Ertalabdan
yog‘a boshlagan yomg‘ir o‘n
birlarga borib qorga aylanib
ketdi. Havo ham shunga yarasha
— sovuq. Endigina uyg‘ona
boshlagan tabiat ham uyquga
ketgan kabi hissiz, madorsiz.
Osmon esa qovoqlarini uyib
olgancha qor yog‘dirishdan
charchamasdi. Kunning
bunchalik "tundligi” ko‘nglimni
biroz g‘am qilsa-da, Faridani
ko‘rish umidi bu g‘ashlikni
tumandek tarqatib yubordi.
"Bugun, albatta, aytaman!
Aytmasam
bo‘lmaydi.Qachongacha ichimda
saqlayman? Balki... Nima
bo‘lganda ham, unga aytishim
kerak hammasini”.Ziyofat
Ziyodullanikida bo‘lishiga
kelishganimiz uchun o‘sha yoqqa
bordim. Belgilangan vaqtdan
biroz ertaroq kirib borganimga
qaramay, deyarli hamma jam
bo‘lgan edi. Faqat...Faqat Farida
va uning yaqin dugonasi Gulnora
yo‘q edi. Ko‘nglim yana
g‘ashlandi.— Farida nega
kelmadi? — sabrsizlanib so‘radim
Ziyodulladan. Ovozim g‘alati,
titrab chiqdi.— Kelib qoladi, —
beparvo javob berdi u. — Hali
vaqtli-ku!..Dasturxon juda
to‘kinedi. Hamma yeyish-ichish
bilan ovora. Lekin mening
tomog‘imdan suv ham o‘tmasdi.
Faridaning nega kelmayotganini
bilolmay hayron edim.— Farida
ziyofatgakelmoqchimidi? —
so‘radim yonimda o‘tirgan
Muniradan.— Albatta. Bir hafta
avval ko‘rganimda, "Zo‘r ish
bo‘pti, boraman”, degandi. —
Kelmayapti-ku! — dedim zarda
bilan go‘yo Faridaning
kelmayotganiga Munira
aybdordek.— Qiziqsan-a? —
to‘ng‘illadi u. — Men qayoqdan
bilay?! Ehtimol, ota-onasi...Munira
gapini tugatmagan ham ediki,
"zal” eshigi oldida Gulnora
ko‘rindi. Qizlar bir zumda
chuvillashib uning atrofini o‘rab
olishdi.— Namuncha kech
qolding?— Kelmasang kerak, deb
o‘ylayotgandik.— Farida-chi?!
Qani u?!Gulnora sirli jilmayib
hammamizga bir-bir qarab
chiqdi.— Suyunchi berlaring! —
dedi kutilmaganda qarsak chalib.
— Faridani erga
beramiz.Boshimga kimdir musht
tushirgandek butun vujudim
zirqirab, ko‘zlarim tinibketdi. Bir
lahza qaerda, kimlar orasida
ekanligimni unutib qo‘ydim. Es-
hushimni yig‘ishtirib olganimda,
Gulnoraning berilib aytayotgan
gaplarini eshitdim.— Bugun
fotiha bo‘lyapti. Farida rosa
xursand. O‘ziyam ikki yildan beri
uchrashib
yurishardi...Gulnoraning qolgan
gaplari qulog‘imga kirmadi.
Ko‘zlarimni derazaga qadadim.
Tashqarida o‘rikning
chiroylikkina bo‘lib ochilib turgan
nim pushti gullarini oppoq qor
oplab olgandi. Xuddi mening
sevgim singari...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2