Xazonlar yurtiga ketamiz bir kun,Tiyramoh ayirar bizni baribir.
Ey,dil,ishq qabrida maysa kabi un,Kelar savdolarga ikkilanmay kón,Ikki yurtda kechar bitta uzun tun,Kókda moh ayirar bizni baribir.
Nozu firoqlardan axir tolasan,Mehrimdan ózingni chetga olasan,Bir kun ayblarimni izlab qolasan,Bitta oh ayirar bizni baribir.
Meni yomonlaydi senga g'animlar,Sóz mulkida tugar "erkam","jonim"lar,Kuchini kórsatar ta'qiq,qonunlar,Ikki roh ayirar bizni baribir! Kókka boqqan sari erimiz chuqur,Senga donolaring tinmay dars óqir,Mehrning kózlari bólgan kun sóqir,Jaru choh ayirar bizni baribir! SHamolday ótadi xandalarimiz,Eski ishqning yangi jandalarimiz,Egamning chorasiz bandalarimiz,ÓLIM-SHOH ayirar bizni baribir! ! ! ! !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев