Iltimos oxirgacha o"qing....
Tongi SMS. Soat 6:00. Robiyani telefoniga
navbatdagi SMS keldi. “Salom. Xayirli tong!
Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. Bu SMS lar Robiyaga tanish, har
kuni bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham
o’z navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat
uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir
minutga farq qiladi. “Assalomu Alekum. Sizga
ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”... Ha. Bu ularni har kungi
salomlashish SMS lari desa bo’ladi. Sobir va
Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular
avtobusda to’sattan bir voqea sabab tanishib
qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap
otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi
odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki ulardan
qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi. Yo’q,
konduktor e’tiroz bildirgandi, bir narsalar dib
so’kishdi, keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir
orqaroqda o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan
turib, ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin
pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom etdi.
Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya
avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya
tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har
kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi.
Sobir ham usha atrofda institutda o’qiydi. Uni
ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu
avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir
avtobusni orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda
yoniga bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi.
Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga qarab
turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib
turganiga o’zini g’alati his qildi. Keyin qizga: -
Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat (shunday
deb o’rnidan turdi) - Yo’q. Sizga rahmat
etmoqchidim. - Joy berganimgami? - Yo’q. Mani
tanimadizmi? - ... (Sobir o’ylanib qoldi) - Kecha
mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona
bo’lsez ham. - Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga
qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi
begona ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde
ko’raman. Sizga yordam berganimdan
hursandman. - Kecha sizga rahmat
etolmaganimga rosa uyalib yurdim. - O’zi rahmat
etishizga imkon bo’lmadiku. Tushib ketdik. - Ha.
Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib rosa hursand
bo’ldim. Yonizga kelib, nima dib gap boshlashni
ham bilmadim. Yana bir bor rahmat... Bu ikkinchi
uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu holatdan
keyin avtobusda bir birlarini har kun ko’radigan
bo’lib qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon raqam...
endi telefonda suhbatlar... (bir qancha vaqt,
taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib,
ishga kirdi) - Allo. Robiya. Salom. - Assalomu
Alekum. - Sizga bir gap etmoqchidim. - Qanaqa
gap. - Sizni sansirab gapirsam maylimi? - Hop.
O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi. Nega
sansiramoqchi dib) - Hozir o’ylanib qolding.
To’g’rimi? Sababi, man o’zimga yaqin
olganlarimni barchasini sansirab gapiraman.
Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim,
kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar
ham erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman.
Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man
endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar
hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman. - Yo’q,
man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya
o’zi bilmagan holda shu gaplarni etvordi) -
Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman. -
Hop Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da
SMS yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham
yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa sabablar...
lekin ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar, yengi
telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi.
Yuboradigan SMSi: “Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. 3 yil ichida ularni orasida qalin
munosabat uyg’ongandi. Lekin ular buni sevgimas
dib o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima bo’lishi
mumkin? SMSda sog’inch haqida yozilvoti. Qiziq.
Rostan ham bir birini sog’inisharmidi bir uyquda.
Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir
unga SMS yozdi. ”Robiya. Yaqinginam. Sandan
bir narsa so’rayman, rostini et. Man sanga
shuncha SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San
zarracha diysan. Rostan ham zarracha
sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.” Robiya javob
yozdi: “Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin
gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz
bo’lsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni
ko’rishga harakat qilaman.Zarracha deganim, har
narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar
bo’lmaganda ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz
ham mani sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz,
lekin hich sani sog’indim dimiysiz”. Sobir javob
yozdi: “Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani
sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki
shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his
qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib
ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har
devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi
tomonga qarasam ham, sani ko’raman. Faqat
sani”. Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz.
Bunday sog’ichlilar bir birini sevmidi dib etib
bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak. Sobir
birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga
taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib oldi.
Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni
ham orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani
barmog’iga taqib qo’ya qoldi. Robiya tushunmay
ham qoldi. Sobir: “Man sani sevaman, manga
turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi.
Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir og’iz
javob qaytara olmadi. Uzukni olib qolgani, bu
qabul qilganide. Sobir ham shunday o’yladi.
Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari
kampir turgandi. Qo’lida og’ir sumka. Bozordan
kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan uni uyigacha
olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q diya olmadi.
Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini
etib o’tdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi.
Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan
ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada yetib borishdi.
Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi,
kech qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir
yana duo qilib qoldi. Bahor oyi keldi. Har kungidek
bugun ham Robiyani telfoniga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun
ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya ham
usha javobni jo’natdi. “Assalomu Alekum. Sizga
ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))” Sobirdan yana keldi:
“Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni
yuboraman”. Bu gapga Robiyadan javob kelmadi.
Nima dib ham yozardi. Soat 10:00larda Sobir
Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin
Robiya “keyinroq o’zim telefon qilaman. Hozir
ishlarimni qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar
haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan
keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi.
- Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz. -
Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni qilib
bo’ldingmi? - Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali
yana bor. - Man hozir daraxtga chiqvotudim. -
Nega? - Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib
qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan. Ushanga iltimos
qilishgandi, “Amaki olib bering, o’zi bitta edi.
Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi,
mayli dib obermoqchiman. Hozir daraxtni
yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq o’zim
SMS yozaman. SMSimni kutgin, albatta yozaman.
Yoki o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib
bo’lib. Maylimi? - Hop bo’ladide. Soat 15:00 lar
bo’ldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga chiqib
tushardim dib o’yladi Robiya. Nega SMS
yozmayaptilar. O’zim qilaman. Raqamlarni terdi.
Javob yo’q. Qayta telefon qildi. Yana javob yo’q.
1 soatlardan keyin yana telefon qildi. - Allo.
Assalomu Alekum. - Voalekum Assalom. Kim bu?
- ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini
bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini begonalarga
bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab
qo’ydi. Adashmagan.) - Kechirasiz. Man Sobirga
telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera
olmaysizmi? - Siz Robiyamisiz? - Ha. - Manga
Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p etar edi. Juda
ham ko’p etar edi. - ... - Sobir endi oramizda
yo’q. - Nega..... (ovozi titrab chiqdi). - Telefonni
hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir
daraxtga chiqgan ekan... usha yerdan... yiqilibdi...
Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik. Man
haligacha o’zimga kelolmayapman. - ... (Robiyani
qulog’iga bu gaplar kirmasdi) - Uzr. Boshqa
gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni
telefonini endi kim tutishini ham bilmiman.
Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi) Robiyani
hayollari ostun ustun bo’lib ketdi. Ming hayollar.
Faqat bir gapni qaytaradi: “Yo’q. Ishonmayman.
Bo’lishi mumkin emas. Ular o’lmaganlar. Ular
tiriklar. O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim
mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq
boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi. Sobirni
mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab
qarab qo’yadi. Hozir Sobir qaytib telefon
qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi
betlamiydi. “Qaysi uy ediya. Nechinchi edi.
Uylarini eslolmayapman” dib o’ylab tez tez ketib
borardi. “Shom bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor.
Agar rostan ham o’lgan bo’lsalar, odamlar
to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa
edi. Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi
kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan rasmlari
bor edi. Shu ko’chadan yuraman. Mashinalar,
odamlar ko’p. Nahotki rost bo’lsa.
Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi.
Orqasidan ayollar kevotgan ekan. Ular kelib,
Robiyadan hol ahvol so’rashdi. - Tinchlikmi
qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam
kerakmasmi? - A? (Robiya, ularga savol nazari
bilan qarab turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.)
- Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik.
- Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar
to’planib turgan eshikda) - Sizni tanimayroq
turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi? -
Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir
ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi
edi) - Nimani qizim? - Bu yerda kim vafot etdi? -
Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon
bo’lardilar. Ushalar bugun olamdan o’tibdilar.
Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin
Yaratganni irodasi. Olamdan o’tdilar. - Rahmat.
(beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi,
ayollar unga qarab hayron qolib, tuf tuflab
qo’yishdi o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi.
Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand
bo’lsada, tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati
yuzini burishtirib turardi. “shunaqa narsa bilan
ham hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib
qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini beraman.
Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qo’llari
bo’lsa, ularni hich qachon kechirmiman. Yana
maraka borligini bilib etishgan. Mani sinamoqchi
bo’lishdimi? Ko’rsataman ularga hali. Mayli,
muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib orqaga qarab
yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham
yenga oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib,
telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi.
O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib ketgan
raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi. Yonidan yana
ayollar o’tib ketishvotgandi. Ularni gaplari
qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi qo’shni,
Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun olamdan
o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim.
Xudo rahmat qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega
daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan
ekan. Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan
shox ekan. Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri
qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham
kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina
ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich
qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa ham
salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin
bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman
digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham
chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta
mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka
bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib
ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida
qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi.
Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi.
Bu ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan.
To’g’ridagi eshik yonida ham odamlar to’planib
turishibdi... Robiya yo’l chetidagi daraxt tagiga
turib, piqilib yig’lab yubordi. Buni kutmagandi.
Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir
qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki
tobutni olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri
yoshniki, qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki
oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l
qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab qo’ydi.
Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach,
kimdir uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga
kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha Sobirni
telefonida gaplashgan yigit edi. Robiya uyida
yig’lashga ham holi qolmagandi. O’ksib, o’ksib
qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni
bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan yigit unga
nima bo’lganini etib berdi. Onani ko’zlari
yoshlandi. Qizini sirdoshi edi. Nima yordam
qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi.
Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi.
Robiya uhlab qoldi... Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. Robiya SMS ovozidan uyg’onib
ketib, telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi.
Va har doimgi javobini yozdi. “Assalomu Alekum.
Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r
uhladim. Sog’inchim, zarracha!))” Yuborgandan
keyin, telefoniga qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib,
yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich
narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi.
Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir
telefon qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga.
Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku.
Telefonni oldi. - Allo. Assalomu Alekum. - Allo.
Voalekum Assalom. Siz Robiyamisiz. Hozir SMS
ni siz yozdingizmi? (kechagi yigitni ovozi) - Ha.
Manga SMS keldi. Har kuni yozadigan SMSlari.
Javob yozdim. - Kechirasiz. Telefon hali ham
manda turibdi. Sizga hich kim SMS yozmadi.
Sizdan SMS kelganiga, o’qib hayron bo’lib, telefon
qildim. - Mana manga SMS keldiku. Keyin
yozdim. Yozganimdan keyin esimga tushib,
hayron bo’lib turgandim. Siz telefon qilib
qoldingiz... (Sobir vafot etganiga so’ngi bor
ishonib, dodlab yig’lab yubordi.) - Robiya.
Afsusdaman. Og’irroq bo’ling. Yig’idan foyda
yo’q. Robiya yig’idan to’xtamasdi. Onasi kelib,
qizini ovutgan bo’ldi. Robiya yana yig’lab, yig’lab
charchadi. Uhlab qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan
Sobirnikiga fotixa o’qigani ketdi... Kelgandan
keyin onasi qizini boshiga kelib, “sen albatta
baxtli bo’lasan, taqdiringga u yozilmagan ekan.
Boshqasi sani baxtli qiladi” dib, peshonasidan
o’pib qo’ydi. Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob
yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi.
Lekin bu unga g’ayri tabiiydek tuyulardi. Tushga
yaqin Sobirni raqamiga telefon qilishni
dugonasidan so’radi. Birozdan keyin dugonasi
Robiyaga qaytib qo’ng’iroq qoldi. Telefonni
boshqa yigit olganini etdi. U SMS yozmagan ekan
dib qo’shib ham qo’ydi. SMS kelaverdi. Kelishdan
to’xtamadi. Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da
SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya Sobir
bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. “SMS
yozaman. SMSimni kutgin” digandi. “Lekin
qanaqa qilib, buni imkoni yo’qku. Qanaqa qilib.
Ularni telefon raqamlaridan SMS kelsade, lekin
hich kim yozmagan bo’lsa. Man javob yozsam
borsa. Mani rosa javob yozgim keladi. Sog’indim
dib. Rosa sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari
yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi, sizni
eslayverganimdan. So’gindim dib yozgilarim
keladi. Lekin kimga yozaman. Man yozganimni
ular o’qimasalar. Kimga yozaman????” shunaqa
lar dib yig’lardi. Yana tong. SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun
ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Tanish xolat.
Qaytib qo’ng’iroq qildi. Boshqa chiday olmadi.
Telefonni so’ramoqchidi. Bunday azobga
chidolmasdi. Telefonni bir boshqa yigit oldi. - Allo.
- Assalomu Alekum. - Voalekim Assalom.
Eshitaman sizni. - Manga haligacha SMSlar
kevotti. Soat 6:00da. Avvalgidek. - (chuqur
ho’rsinib). Man Sobirni akasiman. Uni telefonini
man olib yuribman. Avval etganizdan keyin,
kompaniyaga bordim. Ular arxivni ko’rib,
tasdiqlashdi. Keyin telefon ustaga olib bordim.
Ular bunga SMS yuboruvchi programma
o’rnatilganini etishdi. Unga SMS yozib, hohlagan
paytga yuborishga qo’ysa bo’larkan. Sobir sizga
SMS jo’natishni har kungiga qo’ygan ekan.
Programmani o’chirish uchun parol terish kerak
ekan. Afsuski bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa
narsalar ham o’chib ketar ekan. Ukamni
telefonida uni eslatuvchi ko’p narsalar bor.
Shunga o’chirtira olmadim. Sizga etmoqchi edik.
Lekin qanday etishni bilmadim. Nima dib
o’ylashizni bilmadim. O’zizni telefon qilishizni
kutdim. Sizdan bir iltimosim bor edi. Iloji bo’lsa
biznikiga keling. Onam sizni ko’rmoqchi edilar.
Ukamni xonasi shunday turibdi. U yerga oldin
kirmasdilar. U o’lgandan keyin, uni eslab xonasiga
kirib, sizni rasmlarizni ko’rdilar... ushanga siz
bilan ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang. Hohlasangiz,
uyizdan borib olib ketishadi. - ... (uzoq o’ylanib.
Sobirni hurmati uchun ham rozi bo’lishga qaror
qildi). Hop. Faqat oyim ham man bilan boradilar.
- Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani boraman.
Manzilizni etvoring. Robiya manzilini etdi. Keyin
onasiga etdi. Onasi boshini egib, mayli ishorasini
qildi. Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi. Uyda
Sobirni onasi Xadichaxon opa ularni yig’lab kutib
oldi. Yig’i orasida, “o’glim yeta olmagan kelinim
kelibdi” digan so’zlari ham bor edi. Ular Robiyani
quchoqlab, rosa yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini
bolasini quchoqlab, homush o’tirardi... Robiya
onasi bilan qaytib olib ketvotganda, akasi gap
boshlab qoldi: “Man ukamni yahshi bilmas
ekanman. Siz haqingizda ko’p gapirardi. Sovchi
ham yubormoqchi edi. Afsuski... Telefonini man
olib yuribman. Ishlatishgamas. Shunchaki uni
tanishlari, kimdir telefon qilsa man gaplashaman.
Ko’plar uni olamdan o’tganini bilishmidi.
Tushuntiraman. Ko’plarni kayfiyati juda tushib
ketadi. Manga ham qiyin. Har telefonda uni eslab,
uni tanishlariga javob berish. Uni o’lganini
eshitgan tanishlari, u ko’p yahshilik qilganini etib
berishadi. Shu mani ukammidi dib o’zimdan
so’rab qolaman. Hich qaysinisini man bilmasdim.
Tarixga yozilgulik ishlar qilgan ekan. Undan
qovotganini bizani eslashimizamas. Uni qigan
yahshiliklari ekan. Ushanga faqat yahshilik qilish
kerak ekan. Uni birorta odam yomonlamadi. Faqat
afsus diyishadi. Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi.
Havas qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas
qilish. Undan o’rnak olish... Sizga yana bir gap.
Sizga Sobirni unuting dimayman. Lekin endi
o’zizni hayotingizni qurishiz kerak. Xotiralar bilan
yashab bo’lmaydi. Uni unutsez biza hafa
bo’lmimiza. U endi yo’q. Hich narsani
o’zgartirolmimiz. Yana sizga boradigan SMSlar.
Hohlasangiz uni o’chirtirishim mumkin. Kerak
narsalarini ko’chirtirib oldim. Shuni o’zizdan
so’ramoqchidim?” dib etib qoldi. Robiya,
indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi... Ertasi
kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS
keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi?
Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya smsni yoddan bilsa ham, baribir o’qidi.
Keyin: “Aldoqchi, uyqichi. Har doim manga o’ziz
yubormas ekansiz. Man aniq bir vaqtda eslab
yuboradilar dib o’ylardim. Sizga ishonardim.
Yolg’onchi. Sizdan nafratlanamaaaan, mani
tashab ketdiz” deb telefonini devorga otib sindirdi.
SIM kartasini olib, uni ham sindirib tashladi. U
endi Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa telefon
ishlatmoqchi ham emasdi... Bir necha yillar o’tib,
taxminan 4 yillar. SIM karta ishlatilmagi uchun
shu raqam qayta sotuvga chiqdi. Ancha oldin
sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam bo’lmagani
uchunmi, yoki nimadir sabab bu raqam sotilmadi.
Kompaniyadan bir kishi bu raqamni sotib oldi.
Uyga kech keldi. Sumkasidan yangi telefon olib,
uni joyladi. Va uhlab yotgan xotinini yoniga qo’yib
qo’yib, xotinini yuzidan o’pib qo’ydi. Erta tong.
Soat 6:00. Yangi telefonga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun
ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Ayol cho’chib
uyg’onib ketdi. Yonida telefon turibdi. Telofon
bantik bilan o’ralib, qog’oz yopishtirilgandi. Unga
“Robiya tug’ilgan kuning bilan tabriklayman. Endi
sanda ham telefon bor. Oddiy raqam oldim.
Turmush o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi. SMS ni
qayta o’qidi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi?
Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”...
Robiya pichirlab: “Sog’indim, lekin oldingilaridam
ham ko’proq”
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2