YIG'LIYDI!" Ezgu
orzulari
bo'lganida puch, Ayol
xiyonatiga
kelganida duch. Nafsini
yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib, erkak yig'liydi.
Xaqiqat olovdir, yolg'on bir
shisha,
Xaq gapni etmoqdan qilmam andisha. Qizi nogox
bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan
yashirib erkak yig'liydi.
Cheksiz
xasratlarga qolganda botib, Ayriliq dog'ini ko'rganda
totib.
Bolasini tobutin qolsa
ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak
yig'liydi. Xizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi
qilolmasa otajonini. Tuproqqa
qo'yganda onajonini, Uyalmay
bo'kirib, erkak yig'liydi. Do'sti
sotib ketsa og'ir kunida, Dardkashi bo'lmasa aslo
yonida.
Omadi chopmasa ish
maydonida,
Bir chetga o'tirib, erkak
yig'liydi. Shayton quchog'ida yotsa
bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin
chaqirib, erkak yig'liydi. Xaromni
tanlasa, xalol turganda,
Navqiron
yoshligini uvol qilganda. Qirq
do'sti bo'lmasa, qirqqa
kirganda, Chin dildan o'rtanib, erkak
yig'liydi. Choyxonada
o'tkazgan
bo'lsa umrin, Xech masjid
tomonga burmasa yo'lini. Bir
kuni tushunsa adashganligini,
Umriga
achinib, erkak yig'liydi.
Toshdan
ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni. Ming bir azoblarda qolganda
joni,
Ko'ngliga suyanib, erkak
yig'liydi. Maylaru sharobga
bo'lsa u oshiq, Jirkanch
odatlargami yashasa sodiq. Nom
qozonolmasa ablaxdan ortiq,
Bir
kuni og'rinib, erkak yig'liydi.
Xech ham baxt ko'rmasdan
bir kuni oxir, Og'zim oshga yetdi
deganda asl.
Ajal sari "ketdik"
desa Azroil, "E vox", deb
baqirib,
erkak yig'liydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1