Qalbingda o'zga yor bor deb yig'ladim,
Muxabbatim poyingda xor deb yig'ladim,
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Seni deya qalbim tilib yig'ladim,
Alamdan sochlarim yulib yig'ladim
Isming bilagimga o'yib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Bugun yomg'irlarday to'lib yig'ladim
Suvsiz gullardayin so'lib yig'ladim
O'z xolimdan o'zim kulib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Azobdan ko'z yoshim quyib yig'ladim,
Ox bu taqdirimdan kuyib yig'ladim,
Yolg'iz seni sevib, suyib yig'ladim,
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Senga baxtlar tilab yig'ladim,
So'qir sevgim boshin silab yig'ladim
Armon tog'laridan qulab yig'ladim.
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Yurakdagi sevgidan tonib yig'ladim,
Alamlar o'tida yonib yig'ladim.
Ko'z yoshlarimdan qonib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.
Sevgi deya telbalik qilib yig'ladim,
Meni sevmasliging bilib yig'ladim,
Armonlar suvini simib yig'ladim.
Sen esa kelmading xolimni so'rab...
Taqdirim ayblab, faqat yig'ladim
Sabr tugab bo'lib toqat yig'ladim.
Seni eslab yana bevaqt yig'ladim,
Shunda xam kelmading xolimni
so'rab...
Baribir kelmading xolimni
so'rab....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев