Предыдущая публикация
Yig'layapman kechayu kunduz.
Ko'z yoshimni tiyolmayapman.
Ox sevgilim kechib baridan.
Men sizdayin yasholmayapman.
Quloq tuting tinglang so'zlarim.
Yig'lashdan ham hordi ko'zlarim.
Ayting nechun ayting do'stlarim.
Men sizdayin yasholmayapman.
Kunim o'tar dardga ko'milib.
Ish o'tida jonni qovurib.
Yengolmadim harchan urinib.
Men sizdayin yasholmayapman.
Kunlar sayin ortmoqda nolam.
Ko'b yig'latdi meni bu olam.
O'tinaman kechiring onam.
Siz kutgandek yasholmayapman
Asror Ochilov...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев