Предыдущая публикация
Ox sevgilim bilingki sizga,
O'lgunimcha sodiq turaman.
O'z tashvishim surib chekkaga,
G'aminggizni g'amim bilaman.
Armonlardan ko'ksimni tig'lab,
Tunlar bedor men sizni uylab.
Bemor bo'ldim tinmayin yig'lab,
G'aminggizni g'amim bilaman.
Sog'inaman har lahza gulim,
Yo'qligizga ko'nmaydi dilim.
Yetmasada siz tomon qo'lim,
G'aminggizni g'amim bilaman.
Mendan olis ketdinggiz yiroq,
Bugun qalbim ezmoqda firoq.
Balki sizga sezilmas biroq,
G'aminggizni g'amim bilaman.
Asror Ochilov...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2