Intikib boqaman xazon yo'llarga,
Sog'inchim aytaman sensiz tunlarga.
Axtarib pok qalbing pok muxabbating,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Hajringga qon yutib alamga to'lib,
Yonib rashk o'tida shamdayin so'nib.
Balki qasos olib o'chimni olib,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
So'zlaring yurakka qadalgan neshdek,
Birga o'tgan kunlar shirin bir tushdek.
Makoning manzilin izlagan qushdek,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Yetolmay izingdan qoldim yiqilib,
Xayr dedim sevgimni asta yutinib.
Seni unitishga ming bor urinib,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Sen sovutgan bag'ir isimas endi,
Yig'lar yurak bir umir ovunmas endi.
Muxabbat dardiga ko'nikib endi,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Hol so'ra mendayin ko'ngil xarobdan,
Charchadim sensizlik sensiz azobdan.
Izlab baxtib bugun sendan yiroqdan,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Kun sayin ketyapman men sendan kechib,
Ko'z yumib xotira zanjirin yechib.
Sevging boshlab borar o'limdan cho'chib
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Yozdim bu sherimni qon siyoh bilan,
Ko'z yoshim chorasiz yo'q iloj bilan.
Yelkamga orttirib ming gunoh bilan,
Qo'l solib ko'rdim necha dillarga.
Asror Ochilov...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1