"Chelsi"ga o'tishiga
bag'ishlangan matbuot
anjumanida klub bilan xayrlashdi.
"Biroz asabiylashyapman.
Gapirishga tayyorlanmadim,
shuning uchun nima o'ylasam
shuni gapiraman. "Barselona"da
o'ynash - mening amalga oshgan
orzum bo'ldi.
Hammaga minnatdorchilik
bildiraman, ayniqsa
jamoadoshlarimga. Men Inesta,
Xavi, Valdes, Puyolya, Buskets va
dunyoning boshqa kuchli
futbolchilaridan oz-oz tajriba
oldim.
Uyimni tark etayotganimdan
xafaman, ammo bu erda
o'tkazgan quvonchli kunlarimdan
juda xursandman. Men bu erda
o'yin amaliyotiga kam ega
bo'lishimni bildim. Oldimda yangi
sinovlar kutib turganidan
xursandman.
Iyun oyida "Barselona"da qolish
ilinjida shartnomamni yangilagan
edim, ammo unga jamoadan
ketish variantlari ham
qo'shilishini bilardim.
"Barselona" - dunyoning eng
yaxshi klubi, dunyoda boshqa
bunday joy yo'q. Ammo men
o'zimga yoqqan va tez-tez
o'ynaydigan jamoaga o'tdim.
Oldiniga "Chelsi" libosini kiyish
g'alati ko'rinmoqda, axir men
qachonlardir "barsa"ni tark etish
haqida o'ylamagan edim.
O'tgan mavsum men uchun juda
yomon bo'ldi, raqobat o'ta kuchli,
men deyarli maydonga
tushmadim.
"Chelsi"da meni zo'r kutib olishdi,
birinchi kunlardanoq o'zimni
juda yaxshi his qilyapman. Jon
Terri - ajoyib sardor.
Menga Angliyaning bir nechta
klubi qiziish bildirishdi - "MYu",
"Siti". Ammo "Chelsi" hammadan
chaqqonroq harakat qildi va
kelishuvni rasmiylashtirdi.
Men Mourino bilan gaplashdim. U
haqiqatdan ham menga
qo'ng'iroq qildi. U bilan suhbat
menga yoqdi va u meni
"Chelsi"ga o'tishga ko'ndirdi", -
deydi Pedro.
tadi.BU öyin"PAXTAKOR"bosh stadionida bölib ötadi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев