Предыдущая публикация
Otashin ishqida bo'lib parvona
Kapalakman bir onda kunlari botgan
Hech nega o'xshamas yakka yagona
Bir daydi shamolman sarsari yelgan
Ummonlar qariga singan oqibat
Yaproqman barksiz, qishlari kelgan
Yashay olmay turib jon bergan faqat
Zaminga sochilgan qora tuproqman
Oyoqlar ostida toptalib ketgan
Ishqin aytolmagan ojiz, qo'rqoqman
O'zicha bir umr yorini kutgan
Yuraklarda qolgan so'ngi o'tinchman
Armon bo'lib qolgan tilga ko'chmog'i
Alamlarda yongan o'shal o'kinchman
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 32